Hududlarni o‘rganish va aholining haqli e’tirozlari, muammo va murojaatlariga yechim topish maqsadida Sirdaryo viloyatidagi sektorlar rahbarlari sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqda.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari J.G‘oyibov tomonidan Mirzaobod tumanining Bog‘iston va Yangi hayot mahalla fuqarolar yig‘inlarida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Ushbu sayyor qabulda sektor rahbari, ishchi guruh a’zolari va mutasaddi idoralarning vakillari tashkilot, muassasalarda bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha, uyma-uy yurib mahalla ko‘chalarida, hududdagi tashkilot va muassasalarda hamda aholi xonadonlaridagi muammolarni o‘rgandi. Fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashildi. Yuzaga kelgan muammolar, uning kelib chiqish sabablari o‘rganildi va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Sayyor qabul jaryonida fuqarolar tomonidan 10 dan ortiq masala bo‘yicha murojaatlar bo‘lib, ularning 7 tasi joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, 1 ta masala yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan 3 ta masala esa o‘rganish vaqt talab qilganligi bois, mutasaddilarga vazifalar yuklatilib, ijrosi yuzasidan aniq muddat belgilandi va nazoratga olindi.
Jumladan, Bog‘iston mahalla fuqarolar yig‘ini “Istiqlol” ko‘chasi 3-uyda yashovchi fuqaro A.Suyunov xonadonidagi issiqxonada mayizchilik bilan shug‘ullanayotganligi, pensiya yoshiga yaqinlashib qolganligi, biroq uning ish staji yetarli emasligi to‘g‘risida qilgan murojaati soliq idorasi vakillari tomonidan joyida ijobiy hal etildi.
– Prezidentimizning joriy yil 8 iyundagi qarorida belgilab qo‘yilganidek, biz Alisher Suyunovni tomorqasida shug‘ullanayotgan ishini hisobga olib, uni o‘zini o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga kiritdik, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori, ishchi guruhi a’zosi A.Abduvaliyev. – Endilikda u zarur ish stajiga ega bo‘lishi va pensiya yoshiga yetgach, yetarli ish staji bilan nafaqaga chiqishi mumkin.
Shu kuni fuqarolardan tijorat banklaridan berilayotgan kreditlarning foizi ancha yuqori ekanligi, mahalla tomonidan moddiy yordam berishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi, sovuq kunlarda tabiiy gaz bosimining pastlab ketayotganiligi va buning natijasida xonadonlarni isitish qiyin bo‘layotgani hamda ichimlik suvi ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushdi.
Ishchi guruhi kredit masalasini tijorat banklari, moddiy yordam pullarini mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan o‘rganib chiqishni o‘z zimmasiga oldi. Aholi uchun eng qisqa fursatda arzon narxlarda ko‘mir mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi. Ichimlik suvi yuzasidan yuzaga kelgan muammoni qisqa vaqtda bartaraf etish mutasaddi tashkilot rahbari zimmasiga yuklatilib, aniq ijro muddati belgilandi.
Ushbu sayyor qabulning yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, qabul jarayoni davomida 4-sektor rahbari J.G‘oyibov, har ikki mahalla fuqarolar yig‘inidagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand hamda bemor yotgan fuqarolar holidan xabar oldi va ularning har biriga kundalik, 8 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |