Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-yanvar kuni yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ayni yo‘nalishda bir qator topshiriqlar berilgan edi.
Andijon viloyatida ham aholi bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shahrixon tumanidagi «Muhammadjon yuksak orzusi» fermer xo‘jaligida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar ana shu yo‘nalishdagi amaliy ishlardan biri bo‘ldi.
Unda tuman hokimi X.Dadaxonov boshchiligida «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun yer maydonlari ajratib berish masalasi ko‘rib chiqildi.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarning taklif, fikr-mulohazalari tinglandi. Yakunda «Segaza ozod diyori» massividagi «Muhammadjon yuksak orzusi» fermer xo‘jaligi tasarrufidagi ekin maydonidan 2,6 gektar yer maydoni 26 nafar yoshlarga ajratib berildi.
Dehqonchilik qilish uchun yer olgan yoshlarga ekin maydonidan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, Baliqchi tumanidagi Sherobod va Sortepa mahallalarida istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar ishtirokida ham ana shunday seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi J.Abdurayimov yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar, dehqonchilik qilish uchun ajratilgan ekin maydonlaridan oqilona foydalanish evaziga mo‘l hosil olish, xalqimiz dasturxonini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish zaruriyati haqida gapirdi.
Shu kuni dehqonchilik qilishni maqsad qilgan yoshlarning 100 nafariga «Sheralichek» massividagi ekin yerlaridan 10 sotixdan ajratib berildi.
– Mahallamizdagi ko‘plab yoshlar ish yo‘qligidan har yili ishlab, daromad topish uchun xorijga, asosan Rossiyaga ketar edi, – deydi Sortepa mahallasida yashovchi Ahrorbek Rahimov. – Koronavirus pandemiyasi tufayli chetga chiqishning imkoni bo‘lmayapti. Bu holat butun oilamizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Axir ishlamasdan, tirikchilik o‘tkazish qiyin. Mana shunday qiyin bir paytda biz, yoshlarga alohida e’tibor ko‘rsatilyapti, 10 sotixdan yer ajratib berildi. Bu albatta, ish bilan band bo‘lish, eng asosiysi, dehqonchilik qilib daromad topish imkonini beradi. Endi yerning “tili”ni topib, oqilona foydalanilsa, tabiat “injiqligi”ni qilmasa yurtimizda mehnat qilib oilamizni ta’minlaymiz.
Andijon viloyatidagi barcha tumanlarda ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratib berish jarayoni davom etmoqda.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |