Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Ommaviy qabullarda nohaq ayblanganlar oqlandi, ba’zi sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atildi

Qidirbay Sultonov «Qoraqalpoq don mahsulotlari» korxonasida oddiy ishchi bo‘lib ishlagan.

Korxona rahbarlari uni hisob-fakturalarni yozib berishga ham jalb qilib turgan. 2013 yili korxonada omuhta yem mahsulotlarini rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilgan uyushgan jinoiy guruh aniqlanib, ular qatorida oddiy ishchi Qidirbay ham qamoqqa olinadi. 2014 yil 19 martdagi sud hukmi bilan 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan Qidirbay Sultonov belgilangan jazo muddatining 1 yilu 3 oy muddatini o‘tab bo‘lgach, ozodlikdan mahrum qilish jazosi yengilrog‘iga almashtiriladi. Sababi – dastlabki tergov va birinchi instansiya sudi uning ayblovda qayd etilgan hujjatlarni qalbakilashtirishda, moddiy javobgarlik, shu jumladan, korxona mulkini talon-taroj qilishdagi ishtirokini isbot qilmagan holda barvaqt xulosaga kelgani aniqlanadi. Shu yilning 5 mart kuni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan Qidirbay Sultonovning shikoyati jinoyat ishi materiallari bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, u oqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sud-huquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan ommaviy qabullarda Qidirbay Sultonov kabi fuqarolarning ham murojaatlari o‘rganildi.

Qabullarda barcha shahar va tumanlardan murojaatchilar qamrab olindi. Ariza va shikoyatlar har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha hududlardagi mas’ul rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

To‘rt kunlik qabulda Oliy sud mas’ullari 897 nafar, Sudyalar oliy kengashi rahbarlari esa 113 nafar murojaatchining jami mingdan ziyod masalasini ko‘rib chiqdi. Muloqotlar natijasida 8 nafar shaxs oqlandi, 3 nafar sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atildi. Bir nafar shaxsga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatildi, 67 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan ma’muriy jarima jazosi bekor qilindi, bitta holatda jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazishga yuborildi. Tadbirkorlik sub’ektlarining 25 ta da’vo arizasi qanoatlantirilib, 1,9 milliard so‘m qarzdorlik undirilishi belgilandi. 172 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sudda kassatsiya tartibida mazmunan ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib, tegishli sudlov hay’atlariga hal etish uchun o‘tkazildi.

Qabullardagi murojaatlar asosida o‘tkazilgan sayyor sud majlislarida 12 nafar shaxs sud zalining o‘zida qamoqdan chiqarildi, 63 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Kegayli tumanidan Davletboy Mahambetov ham 2014 yili «Orol Nukus» futbol klubi bosh hisobchisi bo‘lib ishlagan vaqtida qator moliyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Uning o‘zi va yaqinlarining Prezident virtual qabulxonasiga murojaatidan so‘ng 2018 yili – ya’ni mahkum jazoning 4 yil muddatini o‘tab bo‘lgach, belgilangan jazo chorasi yengilrog‘iga almashtiriladi. Sababi unga nisbatan qo‘llanilgan ayblovlar to‘la isbotlanmaydi, to‘plangan dalillar aybdor deb topish uchun yetarli bo‘lmaydi. Davletboy Mahambetovning oqlov hukmi so‘rab qilgan murojaatidan so‘ng esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ajrimiga ko‘ra, bu fuqaro ham qilmishlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli oqlandi.

Orolbo‘yidagi ommaviy qabullarda Bosh prokuratura mas’ullari 159 nafar murojaatchining 195 ta masalasini ko‘rib chiqdi. Ularning 22 tasi joyida hal qilindi. Jumladan, Xo‘jayli tumani hokimligi ijro qilmayotgan sud hujjati ijrosi ta’minlanib, «Kamron agro servis» fermer xo‘jaligiga 113,6 gektar yer maydoni qaytarib berildi.

Qo‘ng‘irotlik fermer Turdigul Qaymuratova 2016 yilda sholi ekib, xirmon ko‘tardi. Qo‘ng‘irot un zavodi bilan shartnoma tuzib, 10 tonna mahsulot topshirdi. Har bir kilogramm mahsulotga 700 so‘mdan haq to‘lashi kerak bo‘lgan zavod mutasaddilari esa mana 5 yildirki topshirilgan sholi uchun bir so‘m ham to‘lamagan.

Chimboylik Biybijamal Niyazimbetova turmush o‘rtog‘i vafot etgach, ikki farzandini o‘zi katta qilmoqda. 18 yoshli o‘g‘li Sultanbek safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tashni istaydi, ammo oilaning bunga imkoniyati yo‘q. Biybijamal opa Bosh prokuratura mas’ullaridan shu masalada amaliy yordam so‘ragach, bu masala ham joyida hal qilib berildi.

To‘rt kunlik muloqotlarda Ichki ishlar vazirligi rahbarlari 123 nafar murojaatchining masalasini o‘rganib chiqdi. 14 ta murojaat joyida hal qilindi. Misol uchun, beruniylik Gullola Ibodullayeva 18 yoshga to‘ldi, biroq oilaning moddiy ahvoli yaxshi emasligi tufayli fuqarolik pasportini olishda joriy qilingan davlat bojini to‘lolmaganligi sabab pasport ololmayotgan edi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a’zosining bu murojaati shu kunning o‘zida hal qilinib, boj to‘lovi qoplab berildi va unga fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat topshirildi.

Bo‘zatovlik Aristanbek Qorabekov 2017 yilda xususiy korxonalardan biridan pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan avtomobil oladi. Uning aytishicha, kelishuv shartlari buzilgan, mashina tortib olingan, pullari qaytarib berilmagan. Bu korxonadan xuddi shunday aldanib jabrlangan boshqa fuqarolar ham bor.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida to‘rt kun davomida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilingan ommaviy qabullarda 2 ming 177 nafar murojaatchining 2 ming 259 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Ularning 454 tasi joyida hal etildi, 959 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirish berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 846 ta masala bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, nazoratga olindi.

12.03.2021

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы