Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Xalq ta’lim vaziri iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Izzatbek Yusupov Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi 13-maktabning 7-sinf o‘quvchisi. Til o‘rganishga ishtiyoqi baland o‘smir yigit rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

E’tiborlisi, Izzatbek ingliz tilidan qo‘shimcha darslarga bormaydi. Darsdan keyin bo‘sh vaqtida onasi bilan ingliz tilida suhbatlashadi, birgalikda dars tayyorlaydi. Olgan bilimlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kichik dars mashg‘ulotlari tashkil etib, o‘rgatadi. Til o‘rganish va o‘rgatishdan bo‘sh vaqtida she’r va hikoyalar ham yozadi.

“Kamalak yulduzlari” festivalining viloyat bosqichida “nazm va nashr” yo‘nalishida ishtirok etgan Izzatbek birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, mamlakat bosqichida qatnashdi. Uning “orzular bahori” she’riy to‘plamida dastlabki ijodidan namunalar chop etilgan. Izzatbekning she’r va hikoyalari turli nashrlarda muntazam ravishda e’lon qilinmoqda. “Non isi”, “Yo‘l-yo‘lakay”, “Sovg‘a” nomli hikoyalari shular jumlasidan.  

Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov iqtidorli o‘quvchilar Izzatbek Yusupov hamda Zahroxon Rahmatullayeva bilan uchrashdi. Samimiy  suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda vazir Izzatbek va Zahroxon kabi iqtidorli o‘quvchilar soni yanada ko‘payishi, maktabda ta’lim olayotgan har bir o‘g‘il qiz “vatanim uchun nima qildim?” deb o‘ziga o‘zi savol berishi, O‘zbekiston rivoji uchun o‘z bilimi bilan hissa qo‘shishi zarurligi ta’kidladi. O‘quvchilarning zamonaviy bilimlarni puxta egallashlari uchun zarur tavsiya va takliflarini bildirdi.  

Izzatbek Yusupov ingliz va rus tillarini mukammal o‘rganayotgani, bo‘sh vaqtida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ham til o‘rgatishi, she’riyatga qiziqishi haqida faxr bilan so‘zladi. Shu maktabning 8-sinf o‘quvchisi Zahroxon Rahmatullayevaning teran fikrlari, keng dunyoqarashi suhbat davomida yaqqol ko‘zga tashlandi. 

04.08.2022

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы