Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Kegaylilik faol ayollar Andijonda

Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kegayli tumani hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Murodboyeva rahbarligidagi bir guruh kegaylilik faol ayollar Andijonda bo‘ldi.

Qoraqolpog‘istonlik mehmonlar bir necha kun davomida viloyatning Xo‘jaobod, Bo‘ston, Shahrixon va boshqa tumanlarda bo‘lib, Andijonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlar, ilg‘or tajribalar, umuman, viloyatdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab mehmonlar Xo‘jaobod tumanida bo‘ldi. Tuman hokimi O‘tkirbek Shukurov tumanda ayollarga yaratilgan shart-sharoitlar, ular bandligini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, "FAZO GROUP" mas’uliyati cheklangan jamiyati korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘rdi.

Xo‘jaobodlik ayollar bilan muloqotda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, badligini ta’minlash borasidagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shundan so‘ng qoraqolpog‘istonlik ayollar Bo‘ston tumani hokimi Sanobarxon Nosirova hamrohligida tumandagi "Sayyora favvorasi" MCHJga qarashli "Qodir tyex" hamda "Eleganse SM" korxonalarida paxtadan kalava ip va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

– Bo‘ston tumanida ayollar, ayniqsa, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan opa-singillarimizning bandligini ta’minlash bo‘yicha e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda, – deydi S. Nosirova. – Qoraqolpog‘istonlik ayollarga ishlarimiz haqida gapirib berdik, o‘z tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Hamkorligimiz ikki xalq ayollarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishga, qolaversa, mavjud muammolarni ijobiy hal etishga yordam beradi.

Bir necha kun davomida qoraqolpog‘istonlik ayollar turli yo‘nalishlar bo‘yicha andijonlik xotin-qizlarning ish tajribalarini o‘rgandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ana shunday ishlarni kelgusida Kegaylida yo‘lga qo‘yishdir.  

14.08.2022

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы