Sharof Rashidov tumanida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ommaviy qabul o‘tkazdi.
Tadbirda Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va fuqarolar ishtirok etdi.
Viloyat hokimi Ergash Saliyev fuqarolardan kelib tushayotgan har bir murojaat doimiy e’tiborda va nazoratda ekanligini ta’kidlab, tumanda amalga oshirilgan qurilish – obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ma’lumot berdi va 2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga alohida to‘xtaldi.
O‘tgan 2022 yilda Sharof Rashidov tumanida ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 3 ta dastur doirasida jami 110 milliard so‘mlik qurilish–ta’mirlash ishlari bajarildi. Jumladan, 2022 yil 22 yanvardagi Investitsiya dasturiga asosan 19 ta ob’ektda 65 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, 13 ta ob’ekt foydalanishga topshirildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida “Xayrobod”, “Kattaqishloq” va “Olmachi” mahalla fuqarolar yig‘inlariga barcha manbalar hisobidan 32 milliard 500 million so‘mlik obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” doirasida tuman 24 ta taklifda g‘olib deb topildi va ushbu ob’ektlarni ta’mirlash uchun 23 milliard 700 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Qishloq va mahallalarda ichimlik suv, elektr energiyasi, ichki yo‘llar va boshqa infratuzilma ob’ektlari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hal etish maqsadida tumanga barcha manbalar hisobidan 12 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilib, belgilangan ishlar to‘laligicha amalga oshirildi.
O‘z navbatida, davlatimiz rahbarining 10 fevral kuni viloyatga tashrifida berilgan topshiriq va vazifalarga asosan infratuzilma bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llar, ichimlik va oqova suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda ko‘p qavatli uy-joylarning holatini yaxshilash bo‘yicha respublika ishchi guruhi hududlarda o‘rganish o‘tkazmoqda.
Tadbirda joriy 2023 yilda 3 ta davlat dasturi doirasida jami 129 milliard 700 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilganligi ta’kidlandi. Jumladan, Investitsiya dasturiga asosan 14 ta ob’ekt uchun 64 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan tumandagi 30 ta ob’ekt uchun 65 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Sharof Rashidov tumani aholisi uchun o‘tkazilgan ommaviy qabulda murojaatlarni tegishliligicha o‘rganib chiqish va belgilangan tartibda yechimini topish maqsadida 13 ta guruh tashkil etilib, viloyat hokimi har bitta guruh ishida qatnashdi. 112 nafar fuqarodan 84 ta masaladan iborat murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, faollar, deputatlar birgalikda tumandagi har bir mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganishi va ma’lumotlarni respublika ishchi guruhiga taqdim etishi yuzasidan vazifalar belgilandi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |