Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Do‘stlik va qardoshlik ramzi

Chinoz tumanidagi “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘zgacha qiyofa kasb etdi. “Obod qishloq” dasturi doirasida bu erda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bajarildi. Yo‘llari asfalьtlandi, yangi turarjoylar va madaniy-maishiy ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Qishloqni obodonlashtirish chog‘ida, bu erda ko‘proq tojik millatiga mansub fuqarolar yashashi inobatga olinib, o‘zbek va tojik xalqlarining urf-odat hamda an’analarini yaqqol aks ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Eng go‘zal binoda o‘zbek — tojik madaniyat markazi joylashtirildi. Bu erdagi kutubxonada o‘zbek va tojik mumtoz adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda, zamondosh yozuvchi hamda shoirlar asarlari jamlangan. O‘quv va anjumanlar zali, tibbiyot xonasi zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Qishloqdagi 47-umumta’lim maktabi to‘liq qayta ta’mirlandi hamda 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. Yangi sport zalida bolalar uchun barcha shart-sharoit mavjud. 8-maktabgacha ta’lim muassasasi esa butunlay yangidan barpo etildi. 60 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu bog‘cha zamonaviy talablarga javob beradi. E’tiborlisi, har ikki muassasada ham ta’lim-tarbiya o‘zbek va tojik tillarida olib borilyapti.

Yangi qurilgan sport maydonchasida barcha imkoniyat bor. To‘garaklar faoliyat boshladi. Bog‘ va gulzorlar tashkil etildi. 28 ta xonadonda uy to‘ylari bo‘lib o‘tdi. 120 ish o‘rniga mo‘ljallangan “Fafir” to‘qimachilikfabrikasi ochildi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari tuman markazi filiali tashkil etildi.

Hududdagi Tinchlik, Obodlik, Yoshlik ko‘chalariga asfalьt yotqizildi. Bu kabi bunyodkorlik ishlari ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin.

Sirasini aytganda, tojik ovul, tom ma’noda, tong yulduziga aylandi.

Yangi qiyofa kasb etgan qishloqda tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar odamlarni rozi qilish maqsadiga yo‘naltirilganligini alohida ta’kidladilar. Bu g‘oya tashkil etilgan badiiy chiqishlarda ham o‘z aksini topdi. Yangi qishloq xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikning chin ma’nodagi ramziga aylanganini o‘zbek hamda tojik tillarida she’ru qo‘shiqlar baralla yangraganidan ham bilish mumkin edi.

Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy ishtirok etdi.

 

2.jpg

 

4.jpg

 

3.jpg

 

6.jpg

 

7.jpg

 

9-faqat saytga.jpg

 

10.jpg

 

11.jpg

 

12.jpg

 

15.jpg

 

17.jpg

 

20.jpg

 

10.12.2018

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы