Surxondaryo viloyatining olis Boysun tumanidagi Duoba mahallasida “Obod xonadon– obod ko‘cha– obod mahalla” dasturi mezonlari joriy etilib, odamlarning munosib turmush kechirishi uchun barcha sharoit yaratilayotir. Qurilish–obodonlashtirish ishlari mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirib, aholining faxr-iftixor tuyg‘usini yanada yuksaltirmoqda.
Duoba –osmono‘par tog‘lar bag‘ridagi so‘lim go‘sha. Boysun tumani markazidan 35 kilometr olisda, dengiz sathidan ikki ming metr balandlikda joylashgan. Duoba, Gummatak va Qayroq kichik qishloqlaridan iborat mahalladagi 553 oilada 2 ming 500 dan ortiq aholi yashaydi.
Asrlar davomida zarur infratuzilmaga ega bo‘lmagan tog‘li qishloq odamlari yo‘llarning tor va notekisligi, bahor faslida soylarda sel kelishi, ta’lim, tibbiyot kabi ijtimoiy soha muassasalaridagi haminqadar sharoitlardan, elektr energiyasi va suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzilishlardan, qish faslida yo‘llar qor bilan qoplanib, transport harakati cheklanishidan aziyat chekib, yashayotgan edi.
Prezidentimiz g‘oyasi bilan joriy etilgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi mamlakatimiz janubidagi tog‘li va chekka qishloqlar odamlari uchun ham zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qilib, ularning turmush darajasini oshirayotgani quvonarlidir.
Olis hududda maxsus shtab tashkil etilib, respublika, viloyat va tumandan mutasaddilar biriktirildi. Bajariladigan ishlarning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Shu asosda mahalla hududiga olib boruvchi yo‘lda yirik hajmdagi ta’mirlash– obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chalar va ariqlar, turar joy binolari, ijtimoiy soha obektlari atrofi tartibga keltirilib, obodonlashtirilmoqda.
Mahallani tubdan yangilash jarayonida 40 kilometr yo‘l qayta rekonstruksiya qilinmoqda. Duoba, Dehibola, O‘rmonchi va Dehbodom mahallalari aholisi uchun Qayroq daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik qayta qurilmoqda. 58–umumta’lim maktabi uchun 80 o‘rinli qo‘shimcha bino barpo etildi. Kuniga 50 qatnov va 25 statsionar o‘ringa ega qishloq shifoxonasi qurilib, mahalla idorasi qayta ta’mirlanmoqda. 180 o‘rinli yangi maktab, hududdagi beshta mahalla uchun suyultirilgan gaz ballonlarini yig‘ish va servis xizmati ko‘rsatish shoxobchasi qad rostlamoqda. Stadion barpo etilayotir. Elektr simyog‘ochlari yangisiga almashtirilib, transformatorlar yangilanmoqda.
–Inson qadrini ulug‘lash bosh mezonga aylangan mamlakatimizning baland tog‘lar qo‘ynidagi qishloqlarida bu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q,–deydi viloyat shtabi rahbari, Prezidentimizning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abdulhakim Eshmuradov.– Buning uchun yirik miqdordagi mablag‘ sarflanmoqda. Ishchilar betinim mehnat qilib, qurilish–obodonlashtirish ishlarini olib borayotir. Ularning shijoatli mehnati evaziga zamonaviy infratuzilmalar yaratilib, Yangi O‘zbekistonga mos yangi tog‘ qishloqlari bunyod etilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik uchun 4,5 milliard, 180 o‘rinli maktab va qishloq shifoxonasi uchun 4,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanmoqda. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga 5 milliard so‘m yo‘naltirilgan. 58-maktabning qo‘shimcha binosini qurishga 1 milliard 200 million so‘m harajat qilinayotir. Suyultirilgan gaz ballonlarini yig‘ish va servis xizmati ko‘rsatish shoxobchasi, maktabgacha ta’lim muassasasi, stadion qurilishlari ham katta mablag‘ evaziga barpo etilmoqda. Ko‘chalarni obodonlashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash kabi ishlar bilan qo‘shib hisoblaganda mahalla ahlining yashash tarzini tubdan yaxshilash uchun 20 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanayapti. Bunday o‘zgarishlar olis tog‘ qishloqlari aholisining ertangi kuni yanada farovon, to‘kin bo‘lishiga ishonch tuyg‘usini oshirmoqda.
–Hududimizda yuz berayotgan bunday yangilanishlarni biz, keksalar bir umr orzu qilganmiz,–deydi mahalla faoli, mehnat faxriysi Isroil Ahmedov.– Yaqin yillarda ham tuman markaziga bormoqchi bo‘lsak, yo‘llar nosozligi uchun ot-ulovdan foydalanishga majbur bo‘lar edik. Qishning qorli kunlari va bahorgi sel toshqinlari ham jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirar edi. Keyinchalik “UAZ”, “Niva” singari yengil mashinalar harakatlanadigan toshli-tuproqli yo‘l barpo etildi. Qishda loy, yozda chang bu yo‘lga ham shukrona aytdik. Mana, endilikda bu qiyinchiliklar ortda qoladigan bo‘ldi. Nafaqat yo‘limiz, balki ichki ko‘chalar ham tubdan ta’mirlanib, yoshu keksa uchun yetarli qulaylik yaratilmoqda. Bularning barchasi yurtimizda inson qadr-qimmatini e’zozlab, barchaning birdek yashashi uchun ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rliklar samarasidir.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev namunali mahallaga aylanayotgan Duobada bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tog‘li hududda namunali mahallaga aylanayotgan so‘lim go‘shada bajarilayotgan qurilish–obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirib, barcha yumushlarni tez, sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalarini bildirdi. Mahallada tashkil etilgan madaniy–ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.
Shu kuni mahalla aholisi bandligini ta’minlash uchun “Boysun” davlat o‘rmon xo‘jaligida na’matak butasi ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Unda shifobaxsh va xaridorgir noyob bu o‘simlikni aholi xonadonlarida ham yetishirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |