Ezgu tashabbusga koʻra, yurtimiz boʻylab “Obod xonadon–obod koʻcha–obod mahalla” tamoyili asosida keng koʻlamli qurilish–bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Bu borada Fargʻona viloyatining Yozyovon, Rishton, Furqat va Oʻzbekiston tumanidan bittadan mahalla tanlab olinib, qisqa vaqt mobaynida hududlar qiyofasi butunlay yangicha qiyofada namoyon boʻlishiga erishildi.
Oʻzbekiston tumanining “Shakarobod” mahalla fuqarolar yigʻinida ham “Obod xonadon–obod koʻcha–obod mahalla” tamoyili boʻyicha olib borilgan ishlardan aholi juda ham mamnun. Boisi qisqa davrda mahalla zamonaviy shaharchaga aylanib, muhtasham koʻrinishga keltirildi.
— Bunday eʼtibor va ragʻbat insonning yashashga, hayotga munosabatini butkul oʻzgartirib, ertangi kunga boʻlgan ishonchni yuksaltiradi, — deydi “Shakarobod” MFY raisi Bahodir Oʻrinov. — Shu sababli, bugun qaysi mahalladosh bilan hamsuhbat boʻlmang, endi qadrdon maskanda yashashning zavqi boshqacha boʻlayotganini taʼkidlamoqda.
Ayni jarayonda 4 milliard 700 million soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib, hududdagi 14 ta koʻcha, 520 ta xonadon, ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma xizmatlari zamonaviy mezonlar asosida taʼmirlandi. Oʻrganishlar jarayonida mahalladagi 42 nafar ishsiz doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan boʻlsa, ularning 4 nafariga imtiyozli kredit ajratib berildi. Ehtiyojmand 10 xonadon uyi homiylar koʻmagida taʼmirdan chiqarildi. Mahallada yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida yangidan 2 ta tadbirkorlik subyekti ishga tushirildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |