Bugun «Uzunquduq» ovul fuqarolar yig‘ini Uzunquduq ovulida «Obod qishloq» davlat dasturi doirasida olib borilgan ishlar nihoyasiga etkazilib, o‘nlab ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
Katta tantana bilan nishonlangan marosimda Navoiy viloyat hokimi o‘rinbosari G‘ofur Musurmonov, Navoiy viloyat Mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Normurod Isoqov, Uchquduq tuman hokimi Soli Xamroev hamda qator korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari bilan birgalikda keng jamoatchilik vakillari ovul aholisi va yoshlari ishtirok etdilar.
Yurtboshimizning 2018 yil mart oyidagi qishloq aholi punktlarining me’yoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risidagi farmoni va qarori qabul qilingan edi.
Mazkur hujjatlar respublikamizdagi ko‘plab qishloq va ovullar hayotiga yangi epkin, yangi nur olib kirdi. Jumladan, Uchquduq tumani Uzunquduq ovulida ham uzoq yillardan beri to‘planib qolgan bir talay muammolarga echim topildi.
Hududda «Obod qishloq» davlat dasturini amalga oshirishga oid tuman hokimini qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, maxsus shtab tuzilib, korxona va tashkilotlarningi mansabdor shaxslari, sektorlar rahbarlari, jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya a’zolari mavjud holatni to‘la va atroflicha o‘rgangan holda vaziyatni tubdan yaxshilash maqsadida mahalliy yo‘l xaritasi tuzilib, vazifalar belgilab olindi.
Dasturni amalga oshirish doirasida ovuldagi qishloq vrachlik punkti 100 mln. so‘m, ovul fuqarolar yig‘ini binosi 75 mln. so‘m, madaniyat uyi 250 mln. so‘m, ovul hammomi 55 mln. so‘m, bozor qurilishi uchun 118 mln. so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 134 mln. so‘m evaziga markaziy ko‘chaga tungi chiroqlar, estetik zavq beruvchi turli xil yoritgichlar o‘rnatildi. 3,5 km. toza ichimlik suvi tarmog‘i 85 mln. so‘m sarflanib joriy ta’mirdan chiqarildi. Ovul markazidan o‘tuvchi yo‘lning qurilishiga 1 mlrd. so‘m sarflandi.
Ayniqsa, ovulga kiraverishda "Uzunquduq” stellasi barpo etilgani, chor-atrofi obodonlashtirilib, bruschatkalar to‘shalgani, tungi chiroqlarning har xil tovlanib turishidan ovul aholisi, yoshlari xursandchiligini izhor etdilar. Bu maqsadlarga 35 mln. so‘m mablag‘ sarf-xarajat qilindi.
Xalqimizda «Bozoring bilan mozoringni obod tut» degan hikmatli so‘z bor, dastur doirasidagi ishlarda ovul mozori ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Ovul qabristoni qariyb, 100 mln. so‘m mablag‘ga ta’mirlandi, bu erda ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida tahoratxona va ayvon qurilib foydalanishga topshirildi.
Hozirda 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 850 mln. so‘m evaziga 60 o‘rinli qo‘shimcha bino, 9-sonli «Baldirg‘an» maktabgacha ta’lim muassasasi qariyb 2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobidan yangidan qurilmoqda.
Ha, bugun Uzunquduq ovulidagi o‘nlab ijtimoiy ob’ektlar qiyofasi tubdan o‘zgardi. E’tiborlisi, ovuldagi 80 dan ortiq xonadon fuqarolari obdonchilik ishlarida faol ishtirok etdi. Maqsad o‘z uyining obodligi sarishtaligi bo‘lsa, obod ovul – obod maskanni tezroq barpo etish bo‘ldi. Ular mehnati bilan barcha uylar ta’mirlandi, tom qismi ta’mirdan chiqarildi. Eski yaroqsiz shiferlar yangisiga almashtirildi. Fasad qismi ko‘rkamlashib, «Obod qishloq» dasturi epkini qizilqumning olis ovullariga ham etib kelganligini bildiryapti.
Xalqimizda, «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi» degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga boy, mehr-oqibat, saxovat, ahillik va tinchlik-totuvlik kabi insoniylik mezonlari bilan uyg‘unlashgan har bir joy obodlik va farovonlik, taraqqiyot va yuksalishga yuz tutadi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |