Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Oq Changal obod hududga aylandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi eng chekka hudud Oq Changal mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetdi.

Konstitutsiyamizning 31 yilligi bayrami munosabati bilan  mazkur mahallada bayram tadbiri o‘tkazildi. Mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu qishloq ahli uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. Binoda xodimlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. E’tiborli jihati shundaki, binoning bir qismida mo‘’jazgina kutubxona ham tashkil qilingan. Yangi barpo qilingan yozgi amfiteatr maydonidagi tikuvchilik sexi, kasanachilik markazi, novvoyxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, savdo do‘konlarini o‘z ichiga olgan “Mikromarkaz” ham aholini juda quvontirdi.  

Mehmonlar obod xonadonlardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Qayd etish lozimki, mahallada “Obod xonadon” mezoni asosida ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta’mirlandi, moddiy yordam ko‘rsatildi. Xonadonlarning sanitar-gigiyena holatini yaxshilash, uy-joy tutish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. “Obod ko‘cha” mezonlarini joriy qilish asnosida 4 kilometr ichki yo‘llar asfaltlandi, 2 kilometr qismiga shag‘al yotqizildi, bo‘sh yerlar, xonadonlar oldiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chatlar ekildi. Shuningdek, gaz ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida mavjud gaz taqsimlash qurilmasi ta’mirlanib, qo‘shimchasiga yana bitta GTQ o‘rnatildi. 2,2 kilometr gaz quvuri tartibga keltirildi, 8,3 kilometr yangi tarmoq qurildi. Bundan tashqari, 3 ta transformator ta’mirlanib, 2 ta yangisi o‘rnatildi, 291 dona eski simyog‘och beton ustunlarga almashtirildi, 7,1 kilometr yangi havo tarmog‘i tortildi. 110 nafar aholining bandligi ta’minlandi.  

Fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 14 nafariga kredit, 34 nafariga subsidiya ajratildi. 3 mingdan ziyod aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, 59 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.  

Bayram tadbirining badiiy qismida mahalla ahli va mehmonlar bir dasturxon atrofida jam bo‘ldi. Unda qayd etilganidek, hududda bajarilgan bunyodkorlik ishlari davlatimiz rahbarining aholi ijtimoiy himoyasiga qaratilgan e’tibori namunasidir. Bunday xayrli tadbirlar har bir mahalla kesimida davom etishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, asosiy maqsad – xalqimizga munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan.  

Tadbir doirasida e’lon qilingan “Eng obod ko‘cha”, “Eng obod xonadon” tanlovlarining g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi. Shuningdek, hududdagi bunyodkorlik ishlarida faollik ko‘rsatgan korxona va tashkilotlar, mahalliy hokimliklar vakillari, saxovatpesha tadbirkorlarga ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alari topshirildi. Vatanni, mehr-oqibat, muhabbat, insoniylikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.  

11.12.2023

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы