Mamlakatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonga muvofiq 2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan malaka oshirish oʻquv kurslari Xalq qabulxonalari instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishdagi yana bir muhim qadamdir.
Malaka oshirish kurslari 5 kunlik oʻquv-amaliy mashgʻulotlaridan iborat boʻlib, unda Prezident Administratsiyasining masʼul xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi barcha Xalq qabulxonalarining mudirlari 10 ta guruhga boʻlingan holda oʻz bilim va malakasini oshirmoqda.
Malaka oshirish kurslarida davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, aholi muammolari bilan ishlash tizimini va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari, uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish tartibi, “Hudud” axborot tizimini qoʻllash choralari kabi turli mavzular keng oʻrganilmoqda. Mashgʻulotlarda “aqliy hujum”, kichik guruhlarda ishlash, jamoaviy muhokama, taqdimot kabi interfaol usullardan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻquv kurslarida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangicha asosda tashkil etish, ularning sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligini mustahkamlash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, ishchi guruh jamoani shakllantirish va uning samarali ishlashini tashkil qilish, taym-menejmentni amalda qoʻllash, har bir soniyadan unumli foydalanish kabi mavzularga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.
Bundan buyon davlat organlari Xalq qabulxonalari boshchiligida oʻzlari masʼul boʻlgan hududlarda mahallama-mahalla, koʻchama-koʻcha, uyma-uy yurib, har bir xonadon, oila muammolarini oʻrganib, ularni hal qilish choralarini koʻradi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari Olmazor tumani 3-sektor shtabida ishlarning tashkil etilishi yuzasidan sayyor amaliy seminarda ham ishtirok etdilar. Seminarda hududlarda aniqlangan muammolarni hal qilish boʻyicha ishlarni tashkil qilish kabi mavzular Olmazor tumani 3-sektor shtabi faoliyati misolida oʻrganildi.
Bir soʻz bilan aytganda, asosiy maqsad – aholi muammolarini toʻliq qamrab olish, ularga tezkor, samarali va hayotiy yechim topish, xalqimiz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, aynan bugun koʻrishiga erishishdan iborat.
OʻzA
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |