Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
33 yillikka 33 ta inshoot qurildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani ahli bu yilgi mustaqillik bayramini o‘zgacha kayfiyatda kutib olmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan hududda har kuni ko‘plab ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, yangi va zamonaviy maktablar, bog‘chalar, tibbiyot punktlari, o‘quv markazlari, ko‘p qavatli uylar aholi ixtiyoriga topshirilmoqda.

Tuman markazida “Shamshod” nomli o‘quv markazining yangi va zamonaviy binoda faoliyat boshlashi hududdagi o‘qishga tayyorgarlik ko‘ruvchi abituriyentlar uchun quvonchli voqea bo‘ldi. 

Tadbirkor Ahmad Niyozov rahbarlik qilayotgan o‘quv markazi ilgari turli joylarda, ijarada faoliyat yuritib kelgan. Markazda joriy yilda tayyorlangan 250 nafar abituriyentning 243 nafari oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bo‘lsa, ularning 20 nafari tibbiyot oliygohlariga o‘qishga kirgan. 

160 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv markazida tayyorlanuvchilar uchun barcha qulaylik va shart-sharoit yaratilgan. 

Tumandagi Kishmishtepa mahallasida yashovchi Gulchehra Saydaliyevaning farzandi 4-maktabda boshlang‘ich sinfda ta’lim oladi. Ammo maktabda o‘quvchi soni ko‘pligi bois darslar to‘rt smenada olib boriladi. Oqibatda yoshgina qizaloq qosh qorayguncha maktabda qolib ketadi. Bu esa uning ota-onasini doimiy xavotirga soladi. Bayram arafasida Gulchehra opa singari ko‘plab onalarning xavotiriga o‘rin qolmadi. Investitsiya dasturi asosida 4-maktabning qariyb ming o‘rinli yangi o‘quv binosi foydanishga topshirildi. Ilgarigi 400 o‘rinli eski binoda 4 smenada 1 ming 600 nafardan ziyod o‘quvchi ta’lim olardi. 

– Ona sifatida maktab yangi binosining ochilishidan juda quvondim, – deydi Gulchehra Saydaliyeva. – Qizim bu yil 5-sinfga o‘tdi. Har doim oxirgi smenada o‘qib, kechga qolib ketardi. Har kuni o‘zim maktabdan olib ketardim. Ba’zan ish bilan ketib, kela olmay qolsam, qo‘shnilarga iltimos qilardim. Xullas, doimiy xavotirim bor edi. Endi esa u zamonaviy binoda kunduzgi smenalarda o‘qiydi. Buning uchun juda minnatdorman. 

Ta’kidlash lozimki, tumanda mustaqillik bayrami arafasida 6 ta umumta’lim maktabining yangi binolari foydalanishga topshirildi. 

Dam mahallasidagi 5-sonli maktabning 540 o‘rinli yangi binosining foydalanishga topshirilishi ham mahalla ahli uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. Shu kunga qadar 240 o‘rinli binoda ming nafarga yaqin o‘quvchi tiqilib, 4 smenada ta’lim olayotgandi. Qo‘shimcha yangi binoning qurilishi, bu boradagi muammolarga yechim bo‘ldi. 

– Maktabimizga qo‘shimcha yangi bino qurib berilishi, eng avvalo, meni juda xursand qildi, – deydi faxriy pedagog Ra’no Fozilova. – 1973 yilda shu mahallaga kelin bo‘lib tushganman. Xalqning farzandlariga boshlang‘ich ta’limdan dars berganman. Eski bog‘cha binosining bir nechta xonasida dars o‘tardik. Hech qanday sharoit yo‘q edi. Shu maktabda 35 yil o‘qituvchilik qildim. Juda qiyin davrlarda ishladik. O‘quvchilarning formalarini ham o‘zimiz qo‘lda tikib tashkil qilganmiz. Hatto o‘quvchilar kiyimlarining tugmasi ham bo‘lmasdi. Doim igna, ip yonimda yurardi. Hozir bu voqealarni shogirlar bilan ko‘rishganda, kulib eslaymiz. Yangi bino ochilishini eshitib, uyda tura olmadim. Ko‘rishga keldim. Mana endi bu zamonaviy binoni qarang. Hamma sharoitlari bor. Keng va yorug‘. Nabiralarim shu yerda ta’lim olishi meni faxrlantiradi. 

Mustaqillik bayrami arafasida tumandagi Chorshanba mahallasi aholisining ham uzoq yillik orzulari ushaldi. Hududda 50 qatnovga mo‘ljallangan 7,5 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan “Bahoriston” oilaviy shifokorlik punkti byudjet mablag‘i hisobidan kapital rekonstruksiya qilinib, yangidan barpo etildi. Tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan mahalla ahli shu kunga qadar sifatli tibbiy xizmatdan qiynalib kelardi.

Zamonaviy tibbiyot punktida 25 nafar tibbiyot xodimi xizmat qilmoqda. So‘nggi rusumdagi EKG va laboratoriya uskunlari aholi xizmatida. Kunduzgi statsionar davolanish uchun ham 4 ta o‘rin ajratildi.

– Bu tibbiyot maskani mahallamiz ahliga haqiqiy sovg‘a bo‘ldi, – deydi shu qishloqlik 72 yoshli fariy A’zamxon Asilov. – Oldin odamlarimiz bittagina emlash olish uchun ham qaylargadir borib, sarson-sargardon bo‘lib yurardi. Uzoq masofaga qatnab, tuman markaziga borardi. Endi bunga hojat qolmadi. Shu yerning o‘zida tekshiruvlardan o‘tkazib, tashxis qo‘yishmoqda. Bundan xalqimiz juda minnatdor. 

Tumanda bayram shukuhi davom etarkan, yangi inshootlarning tantanali ochilishida viloyat rahbari Murotjon Azimov va sektor rahbarlari ham bevosita ishtirok etdi va chiroqchiliklarning hursandchiligiga sherik bo‘lishdi. Tuman hokimi boshchiligidagi mas’ullar bu yilgi bayramga haqiqatda o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rishganini ochilishi kerak bo‘lgan ob’ektlarning ko‘pligidan ham payqash mumkin. 33 yillik yubileyga 33 ta ob’ekt. Binolar viloyat hokimi boshchiligida onlayn tarzda foydalanishga topshirildi. 

Hududlarda bayram shukuhi mana shu tarzda davom etmoqda va bu mustaqil yurtimizning farovonlashuvi, odamlarimiz hayotining o‘zgarayotganidan darakdir.

30.08.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы