Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida dastlab Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lib, yoshlar bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Monomarkazda tahsil olayotgan 24 nafar yosh bilan uchrashib, suhbat o‘tkazildi hamda ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi, takliflari tinglandi.
Shuningdek, Qarshi shahridagi “Qavali” erkin iqtisodiy zonasidagi 15 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan ham uchrashib, ularning muammo va takliflari o‘rganildi.
Tadbirkorlarning asosiy masalasi mahsulotlarni eksportga chiqarish, soliq, bank-kredit va shartnomaviy munosabatlar bilan bog‘liqligi sababli qabul davomida ham mazkur masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, yer-joyni ijaraga olish, soliq ma’murchiligi, kadastr hujjatlaridagi xatoliklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki bozorga taklif qilinayotgan mahsulotlarga qo‘shimcha qiymat solig‘ini qayta ko‘rib chiqish singari muammolar e’tibor markazida bo‘ldi.
Muloqot davomida adliya ish yurituviga 10 ga yaqin murojaat qabul qilindi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Kasbi tumanidagi “Sultan tex group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ham bo‘ldi. Tadbirkorlarga tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari, mahalliy va xalqaro brendlarni yaratish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, Kasbi tumanidagi “Qamashi” MFYda adliya organlariga biriktirilgan yoshlar muammolari o‘rganildi. Bunda tegishli hududda yashab kelayotgan 25 nafar yosh bilan uchrashib, ularning muammo va takliflari tinglandi.
Ma’lumot o‘rnida, Kasbi tumani adliya bo‘limiga hududdagi 4 ta mahalladan 2 ming 328 nafar yosh biriktirilgan bo‘lib, shundan 25 nafarining bandligi ta’minlangan.
Tashrif davomida X.Meliyev viloyatda aholi murojaatlari, fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati va sohaga tegishli Prezident farmoni ijrosini o‘rgandi.
Dastlab Koson tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi faoliyati, fuqarolarga davlat xizmatlari olishda yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi.
Xususan, Koson tumanida 785 ta xonadon muammosi o‘rganilib, 77 ta huquqiy muammo aniqlandi. Shundan, 55 nafar fuqaroning muammosi adliya ko‘magida hal etildi. Tumandagi davlat arxivining ish jarayoni, ma’lumotlar bazasi ko‘zdan kechirildi.
Navbatdagi manzil Kasbi tumani adliya bo‘limida bo‘lib, tuman adliya bo‘limi, FHDYO, YUXKM hamda DXM xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.
Adliya vaziri tomonidan adliya bo‘limlari bilan bir qatorda MFY xodimlariga ham ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |