Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Jizzax viloyati hokimi sayyor qabul o‘tkazdi

Aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilib, dardu tashvishlarini tinglash, talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish, xalqning roziligiga erishish – bugungi har bir hokimning, rahbarning zimmasidagi eng dolzarb vazifa va mas’uliyat bo‘lishi lozim.

Jizzax politexnika instituti majlislar zalida viloyat hokimi Ergash Saliyev o‘zining navbatdagi ommaviy sayyor qabulini shahardagi eng ko‘hna mahallalardan bo‘lgan “O‘ratepalik” MFY ahli bilan o‘tkazdi. 

Tadbir avvalida Jizzax shahridagi tadbirkor ayollar va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ushbu ko‘rgazma ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lganini ham alohida qayd etish lozim. 

Viloyat hokimi ushbu ko‘rgazmani tomosha qilib, shahardagi tadbirkor xotin-qizlar bilan uchrashdi va ular bilan yuma-yuz muloqotda bo‘ldi.

Ommaviy muloqotda Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, Jizzax shahar hokimi, sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda shahardagi mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, boshqa hududlardagi aholiga qulaylik yaratish maqsadida tumanlardagi Prezident Xalq qabulxonalaridan fuqarolar onlayn tarzda viloyat hokimiga murojaat qilish imkoniyati ham yaratilganini ta’kidlab o‘tish joiz.

Jizzax shahrida o‘tgan 2023 yilda 6 ta davlat dasturi doirasida 162 ta ob’ektda 493 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Joriy yilda tasdiqlangan 3 ta Dastur doirasida esa 43 ta ob’ektga 69 milliard 700 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Tashabbusli byudjet” dasturining ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan 9 ta ob’ektga 11 milliard 400 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan. 

Qabul guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkazilib, har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.

Ommaviy qabulda aholi tomonidan bandlik, davolanish va dori-darmon, uy-joy ta’miri va ijtimoiy masalalarda bir qator murojaatlar kelib tushdi. 

Jizzax shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda 97 nafar fuqarodan 121 ta masalaga doir murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarni qonun doirasida belgilangan muddatlarda o‘rganib, ijobiy hal etish bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari hamda Jizzax shahri, tumanlar hokimlariga vazifalar belgilab berildi.

– Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida avvalo xalqimizni rozi qilish va siz aziz fuqarolarimizning yaxshi yashashi, farovon turmush kechirishi, daromadli ish bilan ta’minlanishi uchun shart-sharoit yaratishdek ezgu g‘oya mujassam. Sizlar duch kelayotgan muammolarni vaqtida bartaraf etsak va sizlarning roziliklaringizga erisha olsak, zimmamizdagi eng katta va muhim vazifani uddalagan bo‘lamiz. Siz tomoningizdan qabul qilingan har bir murojaat qat’iy nazoratda bo‘ladi, – dedi Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev fuqarolar bilan o‘tgan ommaviy sayyor qabulda.

16.09.2024

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы