Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Murojaatlarning 60 foizida pensiya miqdorini oshirish soʻralgan

Moliya vazirligiga kelib tushgan murojaatlarda pensiya taʼminoti bilan bogʻliq muammolar koʻp kuzatilmoqda. Xususan, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati, hududiy boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan pensiya taʼminotiga oid masalalar yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.

Bu haqida Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati OʻzAga maʼlum qildi.

 

Pensiya jamgʻarmasiga joriy yilning yanvar-mart oylari davomida jami 9 ming 312 ta murojaat qabul qilindi. Ularning 1 ming 866 tasi yozma, 3 ming 673 tasi ogʻzaki va 3 ming 773 tasi elektron shaklda boʻlgan. 

 

Bu murojaatlarning 5 ming 546 tasi (60 foizi) pensiya miqdori kamligi, uni oshirib berish masalasida kelib tushgan. Bundan tashqari, pensiya (nafaqa) tayinlash 1 ming 104 ta (12 foiz), pensiya tayinlashda ish staji hisobga olinmagani 806 ta (9 foiz), imtiyozli pensiya tayinlash 390 ta (4 foiz), pensiya va nafaqalar toʻlovi 478 ta (5 foiz) va boshqa masalalarga oid 802 ta (8 foiz) murojaat kelib tushgan.

 

Ariza va shikoyatlar oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilishi mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan. Natijada, murojaatlarning 9 ming 165 tasi boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi, 72 tasi boʻyicha choralar koʻrildi, koʻrmasdan qoldirilgan hamda anonim deb topilgan murojaatlar 32 tani tashkil qildi, 43 murojaat esa koʻrib chiqilmoqda.

 

Pensiya jamgʻarmasi “Ishonch telefoni” – 1140 (Call-center) yoʻlga qoʻyilishi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan qabul qilish imkonini bermoqda. Natijada 2019 yil 3 oy davomida Call-center orqali 216 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlariga javob berilgan.

 

Muxtasar aytganda, Jamgʻarmaga hamda uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish, ularni chuqur tahlil qilish asosida pensiya taʼminoti tizimida fuqarolar uchun qulay shart-sharoit yaratish, mavjud nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha qonunchilik normalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish koʻzda tutilmoqda.

 

OʻzA

04.05.2019

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы