Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi sayyor qabul 30-31-may kunlari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida ham o‘tkazildi.
Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar hamda amaliy ko‘makka ehtiyojmand hamyurtlarimizning murojaatlari yuzma-yuz tinglanib, muammolari atroflicha hal etildi.
Qabul avvalida, general-mayor Azizbek Ikramov Mudofaa vazirligi nomidan Qurolli Kuchlar faxriysi Dilafruz Jalilova va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sobir Pirjanovga farzandi uchun imkoniyati cheklanganlar aravachasini hamda Qurolli Kuchlar faxriysi Otaboy Yo‘ldoshev va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Farrux Mamajonovning otasi Zokirjon Dadaboevga tibbiyot quloqchinlarini topshirdi.
Shundan so‘ng murojaatlar birma-bir ko‘rib chiqila boshlandi.
Surxondaryo viloyatida bo‘lgani kabi Qashqadaryoda ham sayyor qabul guruhi ko‘plab turli murojaatlarni ijobiy hal etdilar.
“Ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun tegishli hujjatlarni to‘plaganimga bir yildan oshdi. Aynan qachon menga uy topshirilishini aniq bilmayotgan edim. Sayyor qabul guruhi mas’ul ofitserlari joriy yilda menga Andijon viloyatidan uy topshirilishini ma’lum qilishdi”, – deydi podpolkovnik Doniyorbek Asqarov.
Shuningdek, farzandining sog‘ligi sabab xizmat joyini o‘zgartirishni so‘ragan harbiy xizmatchining murojaati ham echim topadigan bo‘ldi.
– Qashqadaryo viloyatida xizmat qilayotganimga shu yil oxirida besh yil to‘ladi, – deydi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Olim Junashev. – Mudofaa vazirining o‘rinbosariga xizmat joyimni ko‘chirish yuzasidan murojaat qildim va vazir o‘rinbosari bir oy ichida bu masalani ijobiy hal bo‘lishini bildirdilar. Sababi o‘n yashar o‘g‘lim Dilshodbek Adiljanov bir yildan beri o‘tkir limfoblasli leykos (oqqon) kasalligi bilan og‘riydi. Shifokorlarning aytishicha, bu ob-havo muhiti tufayli orttirilgan ekan. Shuningdek, farzandimning davolanishi va butkul sog‘ayib ketishi uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishini aytdilar. Men bundan g‘oyatda mamnunman. Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda okrug qo‘mondonligiga minnatdorlik bildiraman.
Viloyatda faoliyat yuritayotgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham o‘z vakolatlari bo‘yicha bildirilgan masalalarni hal etdi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug faxriylari kengashi raisi, nafaqadagi podpolkovnik Sharif Madiev viloyatda istiqomat qilayotgan harbiy pensionerlarning xususiy tadbirkorlik va imtiyozli kreditlar olish borasidagi takliflarini o‘rganib chiqib, Qashqadaryo viloyati Markaziy bank ijro apparati boshlig‘i Tolibjon Qurbonovga yuzlanib, mazkur masalaga echim topdi.
Mudofaa vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi sayyor qabul guruhi kun davomida yuzlab hamyurtlarimiz bilan muloqot qilib, ularning mushkulini oson qildi.
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun 150 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy bolalar bog‘chasi qurish istagini bildirgan tadbirkor Isroil Alievning ham ishi bitadigan bo‘ldi.
– Mudofaa vaziri o‘rinbosariga loyihamni taqdim etdim, – deydi u. – Qurilish ishlariga 2 milliard 400 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari loyiham bilan yaqindan tanishib chiqqach, Respublika maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda ushbu masalani hal etishda yordam ko‘rsatishini bildirdi.
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham ko‘plab yurtdoshlarimiz o‘z murojaatlari bilan kelib, muammolariga echim topdilar.
Xususan, Buxoro viloyati Olot tumanida istiqomat qiluvchi, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Zafarjon Itolmasovning otasi Pirimqul Itolmasovning uy-joy olishi haqidagi muammosi hal etildi.
“Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘ida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash belgilab berilgan. Mazkur buyruq asosida fuqaro Pirimqul Itolmasovning murojaati ko‘rib chiqildi. U zaruriy hujjatlar taqdim etganidan so‘ng, yuz foizlik imtiyoz bilan ipoteka krediti asosida uy-joy bilan ta’minlanadi, – deydi Buxoro hududiy uy-joydan foydalanish qismi boshlig‘ining yordamchisi adliya kapitani Ruslan Latipov.
O‘tkazilgan sayyor qabullar davomida Surxondaryo viloyati bo‘yicha – 194 ta,Qashqadaryo viloyati bo‘yicha – 187 ta hamda Buxoro viloyati bo‘yicha – 115 ta (jami 496 ta) murojaatlar o‘rganilib, muammolarning asosiy qismi o‘z echimini topdi.
Sayyor qabul kutilgan natijani berdi. Kelgusida boshqa harbiy okruglarda ham shu kabi qabullar o‘tkazish rejalashtirilyapti.
O‘zA
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |