Haftaning har juma kuni tadbirkorlar viloyatdagi prokuraturalarda boʻlib, “Ochiq eshiklar kuni”da muammolariga yechim topishi mumkin.
Tadbirkorlarga imkoniyat yaratish, muammolari boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Jizzax viloyati prokuraturasining tashabbusi bilan haftaning har juma kuni viloyat hamda barcha tuman va shahar prokuraturalarida soat 10:00dan 13:00ga qadar “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirkorlar hozirgi kunda ushbu imkoniyatdan foydalanib, prokuratura organlariga turli masalalarda murojaat qilmoqda. Keyingi kunlarda 20 ta tadbirkor murojaat qilgan boʻlsa, deyarli barchasining muammolari tezkorlik bilan hal etilishida amaliy koʻmak koʻrsatildi.
Tadbirkorlar bevosita tegishli tashkilotlarga investitsiya jalb qilish, kredit olish, kommunal xizmati tarmoqlariga ulanish kabi masalalar boʻyicha murojaat qilganida bitmagan ishlari prokuratura aralashuvi bilan ijobiy yechim topayotir.
Prokuraturasi organlari tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |