Aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari A.Usmonov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.
Ishchi guruhning navbatdagi sayyor qabuli Amudaryo tumanida o‘tkazildi.
- Hukumat rahbarlarining aholi bilan bevosita muloqotga kirishi, ayniqsa, sayyor qabullar tashkil etib, murojaatchilar huzuriga borishi xalqimizning adolatga, davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ochiq muloqotlarda aholiga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch hamda imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Bunday sa’y-harakatlar yurtdoshlarimizning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov.
Sayyor qabulda amudaryolik aholining murojaat hamda takliflari tinglanib, ulardan turli masalalarga oid, xususan, chorvachilik kompleksi uchun er maydoni ajratish, 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilishini yakuniga etkazish uchun imtiyozli kredit ajratish, fermer xo‘jalikka traktor sotib olish uchun kredit ajratish, Amir Temur nomli ovul hududidagi xonadonlarning tomorqa erlarini oqar suv hamda ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 ta er osti qudug‘i qazish kabi masalalar bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida nogironligi bo‘lgan, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.
Shuningdek, mutasaddilar tumandagi tabiiy gaz etib bormaydigan O‘rtaqal’a ovuli Arna bo‘yi mahallasidagi xonadonlarga gaz ballonlarini topshirdi.
Sayyor qabul karantin qoidalariga amal qilingan holda, ochiq muloqot tarzida o‘tdi. Qabul jarayonida fuqarolar murojaat hamda takliflari inobatga olinib, har biri tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ijobiy hal qilindi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |