Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan xalq bilan ochiq muloqot bundan olti-yetti yil muqaddam turli muammolar qurshovida yashagan Surxondaryo ahlini tamomila yangi qarashlar va yangi hayotga yetakladi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asocan Prezident Administratsiyasi va Xalq qabulxonalari boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi joylarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatida aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish va sohaviy muammolarni joyida hal etish ishlari boshlandi.
Mahallalarda yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, odamlarimizning baxtli yashashini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassam.
Husanboy ota ushlagan joyini qo‘yvormaydigan odam. Bir ishni boshladimi, to yakuniga yetkazmaguncha tinchimaydi. U o‘z manfaati uchun emas, xalqni, qishloq odamlarining uzog‘ini yaqin qilish uchun yelib-yuguradi. Bo‘lmasa, 1968 yildan buyon bitmagan ish uchun yarim asrdan buyon idorama-idora yurmas edi.
Namangan viloyatida o‘zgalar parvarishiga muhtoj va yolg‘iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar 3 ming 431 nafarni tashkil etadi.
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi aholiga 10 ga yaqin davlat xizmati ko‘rsatayotir. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.
Mamlakatimizda o‘g‘il-qizlarning bolalikdan jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib ulg‘aytirish doimiy e’tiborda. Yurtimizning eng olis, chekka hududlarida ham davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilib, zamonaviy usulda jihozlanayotgani ushbu ezgu maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlardan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani hamda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining Jomboy tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyat boshladi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |