Jizzax viloyatining Forish tumani “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 800 nafarni tashkil etadi. Demak, hududda shuncha yosh alohida hisobga olinib, qo‘llab-quvvatlashga, ko‘mak berishga e’tibor qaratilmoqda.
Tuman madaniyat saroyida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bilan galdagi uchrashuv tashkil etildi. Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Furqat Jo‘rayev, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Xudoyshukurov tuman hokimi Abduvali Mustanov ishtirokida ochiq muloqat tarzida tashkil etilgan uchrashuvda yoshlarning muammolarini, istak-orzularini o‘rganib, hal etishga ko‘maklashishdi.
Uchrashuvda ishtirok etayotgan yoshlarning har biri o‘zining muammolarini, taklif va istaklarini erkin bayon etdi. Suhbatlar, savol-javoblar davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, bankdan kredit olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ijaraga bino, yer maydonlari ajratish kabi masalalar bo‘yicha murojaat qildi.
Bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida muammolarning sabablariga ham aniqlik kiritildi. Yoshlarning aksariyati o‘zlarining muammolari bilan qayerga murojat qilishni, o‘zining haq-huquqini bilmagan yoki murojaatlari tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilmagan. Uchrashuvda murojaat qiluvchilarga ham, tashkilot, muassasa rahbarlariga ham davlatimizning yoshlar siyosatini amalga oshirishdagi vazifalari qayta tushuntirilib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
– Men tuman markazida go‘zallik saloni ochib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanardim, – deydi «Qo‘lba» mahallasida yashovchi Shaxina Suvonova. – Bu yilgi pandemiya sabab ishim to‘xtab qoldi. Ayni kunda ishsizman. Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘yishim uchun ijaraga bino va bankdan kredit ajratiladigan bo‘ldi.
– Oilamizda parrandachilikni yo‘lga qo‘yish uchun bankdan kredit olmoqchiman, – deydi E.Kamolov nomli mahallada yashovchi Rasul Zokirov. – Uchrashuvda shu masalada murojaat qildim. Murojaatim nazoratga olinib, menga kredit mablag‘i ajratish yuzasidan bank bo‘limiga topshiriq berildi.
Yoshlar bilan muloqotda ular tomonidan tadbirkorlik, ishga joylashish, kredit, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish kabi masalalar bo‘yicha qilingan 34 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlarga badiiy, ilmiy ommabop, tadbirkorlikka oid kitoblar sovg‘a qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |