2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishni izchil davom ettirish orqali hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish va shu asosda aholining farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida:

1. Belgilansinki, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari (keyingi o‘rinlarda – Dasturlar) doirasida:

a) qishloqlar (mahallalar) ro‘yxati quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:

olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda joylashganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga aholi tomonidan yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar soni;

aholi va tadbirkorlarda o‘zlari istiqomat qilayotgan (joylashgan) qishloq (mahalla) hududini birgalikda obodonlashtirish yuzasidan tashabbuslarning mavjudligi;

“Turizm mahallasi”“Turizm qishlog‘i” yoki “Turizm ovuli” maqomiga egaligi;

b) qishloqlarda (mahallalarda) amalga oshiriladigan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini hamda ularni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablag‘larni tuman (shahar) hokimliklari mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarida himoya qiladi;

v) har bir qishloqni (mahallani) rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari tegishli qishloqdagi (mahalladagi) mavjud imkoniyatlar, aholining uzoq yillar davomida shakllangan salohiyati, tadbirkorlik muhiti va “o‘sish nuqtalari” inobatga olingan holda belgilanadi;

g) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan:

aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, joylarda oqova suv xandaqlari va sanitariya inshootlarini barpo etish;

elektr ta’minotini, jumladan, transformatorlar va nimstansiyalar holatini yaxshilash, aloqa va axborotlashtirish tizimini modernizatsiya qilish, aholiga gaz yoqilg‘isi uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etish;

ichki avtomobil yo‘llari, piyodalar yo‘laklaritransport to‘xtash bekatlari va boshqa yo‘l infratuzilmasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, yo‘lbo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish;

qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya tizimlarini barpo etish, sizot suvlar sathini pasaytirish, ariqlarni tozalash va foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni foydalanishga kiritish;

ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, turizm ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.

2. Dasturlarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan:

mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandida belgilangan mezonlar asosida har bir tuman va shahardan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan jami 397 ta qishloq va mahalla tanlab olinganligi;

yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlari tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. 2021 yilda barcha tuman va shahardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion сўmлик qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi:

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari 1-илоvaga muvofiq;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ichki yo‘llar, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi hamda gaz ta’minoti ob’ektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 22a–2n-илоvaлaрga muvofiq;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida irrigatsiya, aloqa va axborotlashtirish tizimlarini yaxshilash, sport va bolalar maydonchalari barpo etish, qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish parametrlari 33a–3n-илоvaлaрga muvofiq;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ijtimoiy soha ob’ektlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlarini qurish va ta’mirlash hamda uy-joy fondini yaxshilash parametrlari 44a–4n-илоvaлaрga muvofiq;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida jamoat transporti, maishiy chiqindilar bilan ishlash tizimi va bozor infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 55a–5n-илоvaлaрga muvofiq;

ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi ob’ektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 66a–6n-илоvaлaрga muvofiq;

ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash parametrlari 77a–7n-илоvaлaрga muvofiq;

past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish parametrlari 88a–8n-илоvaлaрga muvofiq;

turizm infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 99a–9n-илоvaлaрga muvofiq;

kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish parametrlari 10-илоvaga muvofiq;

tuman markazlari va shaharlarning me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish parametrlari 1111a–11n-илоvaлaрga muvofiq;

irrigatsiya ob’ektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 1212a–12n-илоvaлaрga muvofiq;

gaz ta’minoti tizimini yaxshilash parametrlari 1313a–13n-илоvaлaрga muvofiq;

aloqa va axborotlashtirish tizimini rivojlantirish parametrlari 1414a–14n-илоvaлaрga muvofiq;

ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 1515a–15n-илоvaлaрga muvofiq;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslari, mahalla guzarlari hamda madaniyat markazlarini qurish va ta’mirlash parametrlari 1616a–16n-илоvaлaрga muvofiq;

jamoat transporti va maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini rivojlantirish parametrlari 1717a–17m-илоvaлaрga muvofiq;

qishloq va mahallalar ko‘chalarini obodonlashtirish parametrlari 1818a–18m-илоvaлaрga muvofiq;

sport va bolalar maydonchalari barpo etish parametrlari 1919a–19m-илоvaлaрga muvofiq;

uy-joy fondini yaxshilash parametrlari 2020a–20n-илоvaлaрga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga, zarur hollarda, Dasturlar parametrlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

a) Dasturlar doirasida:

ijtimoiy soha, ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv tizimi hamda yo‘l-transport infratuzilmasi ob’ektlari uchun ajratiladigan mablag‘lar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi;

elektr energiyasi, tabiiy gaz va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan, Dasturlarga tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlari hamda moliyalashtirish manbalari mavjud bo‘lgan qo‘shimcha loyihalar kiritilishi yoki istiqbolsiz loyihalar chiqarib tashlanishi mumkin;

v) ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlariga asosan Dasturlar doirasida ajratilgan mablag‘lar yetishmagan taqdirda, ushbu ob’ektlarni qurish-ta’mirlash bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

g) 2021 yil 1 noyabrga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar markazlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi komplekslarini Qurilish vazirligi tomonidan ma’qullangan namunaviy loyihalarga muvofiq barpo etish, shuningdek, tegishli infratuzilma qurish uchun zarur yer uchastkalari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga muvofiq tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (tanlov savdolarini o‘tkazmasdan) shartnomalar asosida haq undirilmasdan ajratilishi mumkin.

5. Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha buyurtmachilar etib:

ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari (ijtimoiy sheriklik loyihalari bundan mustasno) bo‘yicha – “Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi, sohadagi ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;

ichki avtomobil yo‘llari (Toshkent shahri ko‘chalari bundan mustasno) bo‘yicha – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi, Toshkent shahri ko‘chalari bo‘yicha – Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;

elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari bo‘yicha – tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ“Hududgazta’minot” AJ, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari hududiy filiallari;

ijtimoiy soha ob’ektlari va markazlashgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa ob’ektlar bo‘yicha – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda vazirlik va idoralar huzuridagi buyurtmachi tashkilotlar belgilansin.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Dasturlar doirasida ichki yo‘llarga qum-shag‘al aralashmasini yotqizish bilan bog‘liq ishlarni bajarish to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarda 30 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi;

Dasturlar bilan qamrab olingan hududlardagi gaz iste’molchilariga elektron gaz hisoblagichlarini o‘rnatish hamda ushbu iste’molchilarni tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga ulash navbatsiz amalga oshiriladi.

6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):

a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining talabnomalariga muvofiq:

Dasturlar doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari orqali “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalariga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan jami 1 trillion сўmgaчa mablag‘lar;

Dasturlarda ko‘zda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan joriy yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan bosqichma-bosqich 1 trillion so‘mgacha byudjet ssudasi mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin;

b) mahalliy byudjetlar mablag‘lari, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan qurilgan va davlat ixtiyoriga topshirilgan ijtimoiy soha ob’ektlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni 2021 yilda – tegishli sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtirsin, 2022 yildan – Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

2021 yil 15 aпрелga qadar qishloq va mahallalarda yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturiga muvofiq ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlasin. Bunda, buyurtmachilar tomonidan loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalariga ko‘ra aniqlashga ruxsat berilsin;

Dasturlar doirasida amalga oshiriladigan ishlar hajmi va smeta qiymatlarining asossiz ravishda oshirib yuborilmasligi ustidan nazorat o‘rnatsin;

Dasturlarga kiritilgan qishloqlar va shahar mahallalarining bosh reja sxemalari va batafsil rejalashtirish loyihalari hududiy loyiha tashkilotlari tomonidan oldindan ishlab chiqilishini va ular bilan bog‘liq tadbirlarning tegishli mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;

joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uylarni, mahalla binolari va guzarlarini ta’mirlash, piyoda yo‘laklarini barpo etish, tungi yoritish uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlash ishlarini moliyalashtirishga aholi va tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari, homiylik va xayriya mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mablag‘lar jalb qilish choralarini ko‘rsin;

har oy yakuni bilan “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligiga Dasturlar doirasida bajarilgan ishlar va moliyalashtirilgan mablag‘lar bo‘yicha axborot kiritib borsin.

8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (Q.X. Taparov):

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturlar doirasidagi loyihalarning hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi hamda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan, shuningdek, xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlasin. Bunda, qishloq va mahallalarning yo‘nalishlari va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan 3 trillion сўmgaчa mablag‘ hududlardagi infratuzilma loyihalarini qo‘shma moliyalashtirishga yo‘naltirilsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil va kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tegishli yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi bilan bir vaqtda va uyg‘unlashgan holda shakllantirsin hamda ularni moliyalashtirish uchun Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablag‘larni nazarda tutsin.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 20 aprelga qadar tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan kelgusi yil uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritiladigan qishloq va mahallalar ro‘yxatini, shuningdek, ularda amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining manzilli dasturlarini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga kiritish choralarini ko‘rsin.

9. Energetika vazirligi (A.S. Sultonov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda uch oy muddatda past va o‘rta kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish uchun xorijiy kredit mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.

10. Transport vazirligi (I.R. Mahkamov), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A.A. Abduvaliyev) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.H. Qo‘ldoshev), Davlat geologiya qo‘mitasi (B.F. Islamov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (A.I. Maksudov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda yo‘l qurilishi bilan bog‘liq xarajatlarni maqbullashtirish, shu jumladan, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi korxonalarni arzon qum-shag‘al xom ashyosi bilan ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

11. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) ikki hafta muddatda Dasturlar doirasida tanlab olingan qishloq va mahallalarda davlat xizmatlari markazlari filiallarini tashkil etish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlasin.

12. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov) Dasturlar doirasida ob’ektlarni qurish- a’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.

13. “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) muntazam ravishda hududlarga chiqib, Dasturlar ijrosini tahlil qilsin va har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

14. Bosh prokuratura (A.Yu. Mavlonov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish-ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin va har oy yakuni bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.

15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qo‘chqorov, Bosh prokuror N.T. Yo‘ldoshev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har oy yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti                                            Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2021-yil 2-aprel

03.04.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar