Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi nishonlanadigan joriy yilda investitsiya, “Obod qishloq” hamda “Obod tuman markazi” dasturlari doirasida Andijon viloyatining qator tuman, shahar markazlarida keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Andijon tumani markazi Kuyganyor shaharchasida olib borilayotgan ishlar fikrimizga bir misoldir. Bugun tuman markazida bo‘layotgan o‘zgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi. Aytish joizki, keyingi bir necha oy ichida Kuyganyor shaharchasi yanada obod bo‘ldi. Qator yangi savdo, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, turar-joy binolari, ravon yo‘llar bunyod etilib, shaharcha qiyofasiga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlamoqda.
– “Obod qishloq”, “Obod tuman markazi” dasturlari doirasida joriy yilda tumanimizda keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda, – deydi Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev. – Ayniqsa, tuman markazida olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etish joiz. Bu ishlar natijasida tuman markazi nafaqat obod maskanga aylanmoqda, balki mavjud infratuzilma yaxshilanib, aholining yashash sharoitlari yanada yaxshilanmoqda.
Shu kunlarda Andijon tumani Daryobo‘yi mahallasidagi Usmon Yusupov ko‘chasi, Oyjamol mahallasidagi Oliygoh ko‘chalarida bunyodkorlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Ushbu ko‘chalar ta’mirlanib, velosiped va piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda, yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda, ko‘chalar chetlariga manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakunlanmoqda.
Bu kabi ishlar viloyatning boshqa tuman va shaharlari markazlarida ham olib borilmoqda. Jumladan, Baliqchi tumani markazidagi N.Kubro, G‘.Yoqubov, Sohi bo‘yi, Xumo ko‘chalarida yo‘l chetlariga beton ariq o‘rnatish, gulzorlar barpo etish, piyodalar yo‘laklarini shag‘allash, bruschatkalar yotqizish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Xonobod shahri, Oltinko‘l, Qo‘g‘ontepa, Xo‘jaobod, Qo‘rg‘ontepa, Shahrixon va Ulug‘nor tumanlari markazlaridagi ko‘chalarni zamonaviylashtirish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |