2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahalladagi bunyodkorlikdan aholi mamnun

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani 2-sektorga qarashli “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bajarilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan kishining bahri-dili ochiladi.  Dastur doirasida 7 ming nafardan ortiq aholi yashaydigan “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi yanada go‘zallashib, o‘zgacha chiroy ochdi.  

Bu yerda 26 milliard 600 million so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi, 120 o‘rinli 13-sonli “Bahor” maktabgacha ta’lim tashkiloti, 4-sonli hamda 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari va “Qahramon” oilaviy poliklinikasi binolari foydalanishga topshirildi.  

Bundan tashqari, shu mahalladagi hech qanday sharoitga ega bo‘lmagan, tashlandiq ahvoldagi yotoqxona homiylar mablag‘lari hisobidan to‘liq qayta ta’mirlandi. Unda 28 ta uy-joyga ega bo‘lmagan muhtoj oilalarning shu yerda yashashlari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilib, xonadon egalariga uy kalitlari va egalik qilish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.  

Jajji bolajonlarni yoshligidanoq tafakkuri keng, intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish maqsadida hududdagi sobiq xo‘jalik ma’muriy binosida tadbirkor tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 500 million so‘mlik 100 o‘rinli “Elnoza kids” nodavlat ta’lim muassasasi tashkil qilindi. Shuningdek, ushbu muassasada 20 nafar shu hududdagi asosan “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi xotin-qizlarning doimiy bandligi ta’minlandi. Mahallada yana 4 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan bo‘lib, “Qahramon” MFYdagi bolalarni qamrab olish darajasi 87 foizga yetkazildi.  

28.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar