Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani 2-sektorga qarashli “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosi doirasida keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bajarilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishgan kishining bahri-dili ochiladi. Dastur doirasida 7 ming nafardan ortiq aholi yashaydigan “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi yanada go‘zallashib, o‘zgacha chiroy ochdi.
Bu yerda 26 milliard 600 million so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosi, 120 o‘rinli 13-sonli “Bahor” maktabgacha ta’lim tashkiloti, 4-sonli hamda 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari va “Qahramon” oilaviy poliklinikasi binolari foydalanishga topshirildi.
Bundan tashqari, shu mahalladagi hech qanday sharoitga ega bo‘lmagan, tashlandiq ahvoldagi yotoqxona homiylar mablag‘lari hisobidan to‘liq qayta ta’mirlandi. Unda 28 ta uy-joyga ega bo‘lmagan muhtoj oilalarning shu yerda yashashlari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilib, xonadon egalariga uy kalitlari va egalik qilish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.
Jajji bolajonlarni yoshligidanoq tafakkuri keng, intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish maqsadida hududdagi sobiq xo‘jalik ma’muriy binosida tadbirkor tomonidan umumiy qiymati 2 milliard 500 million so‘mlik 100 o‘rinli “Elnoza kids” nodavlat ta’lim muassasasi tashkil qilindi. Shuningdek, ushbu muassasada 20 nafar shu hududdagi asosan “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi xotin-qizlarning doimiy bandligi ta’minlandi. Mahallada yana 4 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan bo‘lib, “Qahramon” MFYdagi bolalarni qamrab olish darajasi 87 foizga yetkazildi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |