Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Mintaqaviy tartibda tashkil etilayotgan sayyor qabullar dastlabki kuni Shofirkon tumanidan boshlandi. Qabul tumanning “Jilvon” mahallasidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hovlisida bo‘ldi. Unda Shofirkon, G‘ijduvon va Vobkent tumani fuqarolarining sud-huquq sohasidagi murojaat va takliflari o‘rganildi.
Qabulda Oliy sud raisining o‘rinbosari Baxtiyor Isakov tomonidan jami 46 nafar fuqarolar qabul qilindi. Fuqarolar jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar buyicha sudlarga murojaat qildi. Shundan 29 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 17 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.
Jami 46 ta murojaatlardan 34 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 12 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi. 9 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi 12 ta murojaat ya’ni, jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi tomonidan 2 nafar, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi tomonidan 10 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Jalilov tomonidan ham 7 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Buxoroda mintaqaviy tartibda tashkil etilayotgan sayyor qabullar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |