Стратегия действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан в 2017-2021 годы
Sayyor qabulda 12 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi

Buxoroda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ommaviy qabullar o‘tkazildi.

Mintaqaviy tartibda tashkil etilayotgan sayyor qabullar dastlabki kuni Shofirkon tumanidan boshlandi. Qabul tumanning “Jilvon” mahallasidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hovlisida bo‘ldi. Unda Shofirkon, G‘ijduvon va Vobkent tumani fuqarolarining sud-huquq sohasidagi murojaat va takliflari o‘rganildi.  

Qabulda Oliy sud raisining o‘rinbosari Baxtiyor Isakov tomonidan  jami 46 nafar fuqarolar qabul qilindi. Fuqarolar jinoyat, fuqarolik,  ma’muriy va iqtisodiy ishlar buyicha sudlarga murojaat qildi. Shundan 29 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 17 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi. 

Jami 46 ta murojaatlardan 34 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 12 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi. 9 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi 12 ta murojaat ya’ni, jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi tomonidan 2 nafar, jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi tomonidan 10 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Jalilov tomonidan ham 7 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.  Buxoroda mintaqaviy tartibda tashkil etilayotgan sayyor qabullar davom etmoqda. 

19.04.2022

Решенные обращения

Тип классификации обращенияСпособ направленияДата принятияДата рассмотренияРегион
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 Май 202418 Сентябрь 2024Навоийская область
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Ноябрь 202327 Февраль 2024Ташкентская область
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Февраль 202420 Февраль 2024Джизакская область
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Февраль 202427 Февраль 2024Сурхандарьинская область
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Апрель 20242 Май 2024Ташкентская область

полезные ресурсы