2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: fuqarolarning davlatga, ertangi kunga ishonchi ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov rahbarligidagi Respublika Ishchi guruhi hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida tuman, shahar hokimlari Buloqboshi tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

O‘tkazilgan sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish imkonini bermoqda. Buni yigirmadan ziyod vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari, viloyat, tuman, shahar hokimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul misolida ham ko‘rish mumkin.

Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Jalaquduq, Marhamat va Buloqboshi tumanlarda yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Elektr energiyasi, ichimlik suv ta’minoti, salomatlikni tiklash, nafaqa, noqonuniy qurilish, kredit olish va boshqa qator masalalar bilan bog‘liq murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.

– Mahallamiz aholisi ichimlik suv ta’minoti masalasida bir necha yillardan buyon qiynalib keladi, – deydi Buloqboshi tumanidagi Zarg‘oldoq mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Odinaxon Soliyeva. – Sayyor qabulda ushbu muammoni bartaraf etishga ko‘maklashishni so‘rab, murojaat qildik. “Andijon viloyati suv ta’minoti” MCHJ rahbariyati tomonidan muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Mutaxassislar bugundanoq mahallada suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ish boshladi.

Buloqboshi tumani Sarbontepa mahallasi, Yuksalish ko‘chasida yashovchi  fuqaro Abduxalil Sarbolayev mahalla hududidagi umumiy uzunligi 1 kilometr masofani tashkil etuvchi ichki yo‘lning 500 metri ta’mirlanganligi, lekin qolgan ta’mirtalab qismi bir yildan buyon qanday bo‘lsa, shunday holatda turganligini aytib, yo‘lning qolgan qismini ta’mirlashga yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildi. 
Ushbu masala Andijon avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi tomonidan ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

– Ko‘rish qobiliyatim juda pasayib ketgan, o‘zim mustaqil yura olmayman, – deydi Asaka tumani, Fayzobod mahallasida yashovchi Mavlonbek Xayitov. – Shifokorlar operatsiya qilish kerakligini aytishdi. Operatsiya bahosi 9 million so‘mga yaqin ekan. Buncha pul to‘lash imkonim yo‘q, oilamning sharoiti og‘ir. Shu masalada yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildim.  

Murojaat qilgan fuqaro viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida tekshiruvdan o‘tkazilib, davolanadigan bo‘ldi. Uning murojaati ijrosini sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z nazoratiga oldi.

Sayyor qabul davomida yuqoridagi kabi yuzlab murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi. Ma’lum vaqt hamda atroflicha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi, ijrosi nazoratga olindi.

11.05.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar