O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov rahbarligidagi Respublika Ishchi guruhi hamda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida tuman, shahar hokimlari Buloqboshi tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
O‘tkazilgan sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish imkonini bermoqda. Buni yigirmadan ziyod vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika Ishchi guruhi a’zolari, viloyat, tuman, shahar hokimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Buloqboshi tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul misolida ham ko‘rish mumkin.
Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Jalaquduq, Marhamat va Buloqboshi tumanlarda yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.
Elektr energiyasi, ichimlik suv ta’minoti, salomatlikni tiklash, nafaqa, noqonuniy qurilish, kredit olish va boshqa qator masalalar bilan bog‘liq murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
– Mahallamiz aholisi ichimlik suv ta’minoti masalasida bir necha yillardan buyon qiynalib keladi, – deydi Buloqboshi tumanidagi Zarg‘oldoq mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Odinaxon Soliyeva. – Sayyor qabulda ushbu muammoni bartaraf etishga ko‘maklashishni so‘rab, murojaat qildik. “Andijon viloyati suv ta’minoti” MCHJ rahbariyati tomonidan muammoni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Mutaxassislar bugundanoq mahallada suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ish boshladi.
Buloqboshi tumani Sarbontepa mahallasi, Yuksalish ko‘chasida yashovchi fuqaro Abduxalil Sarbolayev mahalla hududidagi umumiy uzunligi 1 kilometr masofani tashkil etuvchi ichki yo‘lning 500 metri ta’mirlanganligi, lekin qolgan ta’mirtalab qismi bir yildan buyon qanday bo‘lsa, shunday holatda turganligini aytib, yo‘lning qolgan qismini ta’mirlashga yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildi.
Ushbu masala Andijon avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi tomonidan ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
– Ko‘rish qobiliyatim juda pasayib ketgan, o‘zim mustaqil yura olmayman, – deydi Asaka tumani, Fayzobod mahallasida yashovchi Mavlonbek Xayitov. – Shifokorlar operatsiya qilish kerakligini aytishdi. Operatsiya bahosi 9 million so‘mga yaqin ekan. Buncha pul to‘lash imkonim yo‘q, oilamning sharoiti og‘ir. Shu masalada yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qildim.
Murojaat qilgan fuqaro viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida tekshiruvdan o‘tkazilib, davolanadigan bo‘ldi. Uning murojaati ijrosini sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z nazoratiga oldi.
Sayyor qabul davomida yuqoridagi kabi yuzlab murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi. Ma’lum vaqt hamda atroflicha o‘rganishni talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchilarga zarur tushuncha va tavsiyalar berildi, ijrosi nazoratga olindi.
Тип классификации обращения | Способ направления | Дата принятия | Дата рассмотрения | Регион |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 Май 2024 | 18 Сентябрь 2024 | Навоийская область |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Ноябрь 2023 | 27 Февраль 2024 | Ташкентская область |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Февраль 2024 | 20 Февраль 2024 | Джизакская область |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Февраль 2024 | 27 Февраль 2024 | Сурхандарьинская область |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Апрель 2024 | 2 Май 2024 | Ташкентская область |