2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xalq qabulxonasi – xalq xizmatida

Xalq qabulxonalarida fuqarolarning ariza va shikoyati belgilangan tartibda, xolislik tamoyillari asosida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilayotgani mamlakatimizda inson huquq va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining amaldagi ifodasidir.

Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan Xalq qabulxonalari odamlar og‘irini yengil qilish, ularning muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin.

Xalq qabulxonasiga joriy yilning 1 oktyabr holatida 1 ming 895 nafar jismoniy va yuridik shaxslardan 2 ming 73 ta masalaga oid murojaatlar kelib tushgan. Shundan 373 tasi yuqori tashkilotlarga yuborilgan. 85 tasi Prezident Administratsiyasi nazoratiga o‘tkazilgan. 11 tasi Xalq qabulxonasiga ko‘rib chiqilgan. 1 ming 706 tasi hududdagi tashkilotlarga yuborilgan. 1 ming 717 tasi Xalq qabulxonasi nazoratiga olingan.

– Tumandagi 4 ta sektor rahbarlari bilan hamkorlikda mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar o‘tkazilmoqda, – deydi G‘ijduvon tumani Xalq qabulxonasi mudiri Usmon Halimov. – Joylarda aholi uchun dolzarb muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida tuman sektor rahbarlari tomonidan hududlarda 262 marotaba sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularga 6 ming 454 nafar fuqarolar ishtirok etgan. 943 nafar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan mingdan ziyod murojaatlar qabul qilingan. Shundan 60,8 foizi qanoatlantirilgan. 46,1 foizi ijobiy hal etilgan.

Murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Obod qishloq” dasturi ijrosi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga 21 ta taqdimnoma, 9 ta taklif hamda Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga 4 marotaba axborot kiritilgan. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 7 nafar xodimi ogohlantirilgan. 16 nafar xodimga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 1 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

– Jovgari va Shoxambek qishlog‘ida tomorqa yerlarni sug‘orish uchun suv tanqisligi masalasi bo‘yicha murojaat qilgan edik, – deydi G‘ijduvon tumani “Jovgari” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Samad Choriqulov. – Murojaatimiz o‘z vaqtida ijobiy yechim topdi. Tomorqalarimizni sug‘orish uchun 2 ta suv nasosi o‘rnatildi. Natijada 300 ga yaqin xonadonlardagi tomorqa yerlarni sug‘orish imkoniyati yaratildi.

– “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turaman, – deydi “Mahallai Mirzayon” qishlog‘ida yashovchi Gulhayo Shukurova. –Boquvchimiz yo‘q. Bir nafar voyaga yetmagan farzandim bilan ijarada yashayman. Ipoteka krediti asosida olayotgan uy-joyimning boshlang‘ich to‘lovini to‘lashda qiynalayotganligimni bildirib G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etildi.

Muxtasar aytganda, Xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda. Odamlarning og‘irini yengil qilib, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

19.10.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar