2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Oliy sud sayyor qabuli fuqarolarga nima berdi?

Andijonda Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Ikrom Muslimov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish darajasini, sud ishi yurituvining sifatini, aholining sud idoralari bilan bog‘liq muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish maqsadida Oliy sud sudyalari, viloyat sudlari raislari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabul davomida 89 nafar fuqaroning sud-huquq masalalari yuzasidan murojaatlari eshitildi.

Murojaatlarning 69 tasi jinoyat, 11 tasi fuqarolik, 4 tasi iqtisodiy hamda 5 tasi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga oid bo‘lib, ularning aksariyatini fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, sud qarorlaridan norozi bo‘lish, belgilangan jazolarni yengillashtirish, uy-joy, meros masalalari tashkil etdi.

– Men Oliy sud sudyasi Jamshid Tirkashev qabulida bo‘ldim, – deydi Marhamat tumanida yashovchi mehnat faxriysi Mavludaxon Ismonova. – O‘g‘lim nomiga Andijon shahrining Sog‘lom avlod mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uydan xonadon sotib olganmiz. O‘zaro shartnoma bo‘lsa-da, quruvchi tashkilot aynan men xarid qilgan xonadonni boshqa shaxsga ham sotib yuborgan. Ushbu ish bo‘yicha Andijon shahar ma’muriy sudiga kiritgan da’vo arizamizga asosan ish ko‘rilib, sud xonadonni quruvchi bilan o‘zaro kelishib sotib olgan shaxsni chiqarish, uning xonadonni ta’mirlashi uchun qilgan xarajati quruvchi tomonidan qoplanishi bo‘yicha qaror chiqargan.  

Lekin o‘sha shaxsning uyni ta’mirlash uchun sarflagan xarajatlarni quruvchi emas, qonuniy sotib olgan o‘g‘lim tomonidan qoplab berilishi yuzasidan kiritgan da’vo arizasiga ko‘ra, ma’muriy sud tomonidan qaror ijrosi kechiktirilgan. 

Biz tomonimizdan belgilangan summadagi boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan, keyingi to‘lovlar ham oyma-oy to‘lab kelinayotgan bo‘lishiga qaramay, quruvchining aybi bilan yuzaga kelgan muammo uchun bir necha yildan buyon uyni ololmasdan, sarson bo‘lib yurganligimiz hech bir adolat mezonlariga to‘g‘ri kelmaydi.

Sayyor qabulda Oliy sud sudyasi navbatdagi sud ishida ushbu masala albatta, adolatli va qonuniy ko‘rib chiqilishini aytib o‘tdi. Ishonamanki, sud ta’lim-tarbiya sohasida halol mehnat qilib, yillar davomida jamg‘argan mablag‘imizga sotib olgan uyni olishimiz bo‘yicha qonuniy qaror chiqaradi. 

Sayyor qabul davomida bo‘lgan murojaatlarning 40 tasi bo‘yicha  huquqiy tushuntirish berildi, 36 ta murojaat qanoatlantirildi, 13 ta shikoyat va ariza qonuniy ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi. 

Qabulda 30 dan ortiq murojaatning qanoatlantirilganligi fuqarolarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirdi. 

Qabul davomida murojaatlari hal bo‘lgan bir guruh fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy sud raisi nomiga  tashakkurnoma yozib qoldirdi. 

10.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar