2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlarning muammolari hal etilmoqda

Yangi Andijon shahrida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov viloyatdagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, muammolarini hal etish, tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.  

 Jumladan, Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 12 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash hayot-mamot masalasi ekanligi ta’kidlanib, yoshlarni huquq-tartibot va mudofaa organlariga otaliqqa biriktirish hamda ular bilan tizimli ishlash yuzasidan qator vazifa, topshiriqlar belgilab berilgan edi.  

 Ana shu topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholisining qariyb 55 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadigan Andijon viloyatida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatidagi mavjud 909 ta mahallada yashovchi 301 ming 279 nafar  yosh huquq-tartibot va mudofaa organlariga sektorlar kesimida taqsimlab berilib, ular bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.  

 Jumladan, 1-sektor Mudofaa boshqarmasiga 83 ming 498 nafar, 2-sektor Prokuratura va Favqulodda  vaziyatlar boshqarmasiga 71 ming 931 nafar, 3-sektor Ichki ishlar boshqarmasiga 71 ming 728 nafar va 4-sektor Adliya va Milliy gvardiyaga 74 ming 82 nafar yoshga ana shu tizimlarda ish olib borayotgan 1 ming 115 nafar mas’ul biriktirilib, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha belgilangan reja asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.  

 O‘rganishlar davomida otaliqqa olingan yoshlarning 219 ming 962 ta taklif va muammolari aniqlandi.  

 Aniqlangan muammolar biriktirilgan mas’ullar tomonidan otaliqqa olingan yoshlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatish, turli tanlov va loyihalarga jalb qilish orqali hal etildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar doimiy monitoring qilib borilmoqda.  

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidovning 400 nafardan ziyod otaliqqa olingan andijonlik yoshlar bilan uchrashuvi ham ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi.  

 Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, qiynayotgan muammolar va amalga oshirishni niyat qilgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi hamda qo‘mondonga murojaat qildi, takliflar bildirdi.  

 Uchrashuvda bildirilgan takliflarni amalga oshirish, muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.  

 Uchrashuv doirasida viloyatdagi otaliqqa olingan yoshlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ijodiy va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.  

 Huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligi yoshlar bilan bog‘liq mavjud muammolarni hal etishga, yoshlarning faolligini oshirishga, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga yordam bermoqda.  

26.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar