2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
2 milliondan ortiq xonadonda muammolar aniqlandi

2019-yil 1-fevraldan boshlab muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni yangi tizimiga asosan Xalq qabulxonalari, sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilib, respublika hududlaridagi barcha tuman va shaharlar sektorlarida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning aprel holatiga Respublika bo‘yicha jami 2,6 mln. dan ortiq xonadonlar o‘rganilib, muammosi mavjud bo‘lgan 261,2 mingta xonadonda yashovchi fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida 273,4 mingta turli yo‘nalishdagi masalalar aniqlangan.

 

Misol uchun o‘rganishlar natijasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shaharida 21 ta mahalladagi ichki yo‘llarda 1,8 km. asfalt yotqizildi, 3 100 metr ichki yo‘llar ta’mirlandi. Umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining 450 kv. metri ta’mirdan chiqarildi. Mazkur maqsadlar uchun 1,7 mlrd. so‘m sarflandi.

 

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash sifatini yaxshilash maqsadida 3150 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortilib,80 ta ko‘p qavatli uyda suv bosimi yaxshilandi. 2 572 metr kanalizatsiya tarmog‘i yangilandi.

 

photo5348273704716577450.jpg

 

Shuningdek, gaz bosimi past bo‘lgan 27 ta mahalla fuqarolar yig‘inining gaz bosimi yaxshilandi, 52 ta maishiy gaz balloni tarqatildi va aholi ehtiyojiga ko‘ra 28.3 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. Kam ta’minlangan oilalarga 15 ta gaz hisoblash uskunasi o‘rnatildi.

 

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 8 ta TP o‘rnatildi, 450 ta tayanch keltirilib, 119 tasi o‘rnatildi, 5 km. SIP provodlar tortildi, jami qurilish ishlariga 2,4 mlrd. so‘m sarflandi.

 

Shahardagi 39 ta ko‘p qavatli uyning tom, fasad, yerto‘la va kirish yo‘laklarini ta’mirlash, atrofini obodonlashtirish, bolalar maydonchalarini qurish ishlariga 1,4 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi.

 

Uy-joyga muhtoj bo‘lgan shahar aholisini uy bilan ta’minlash maqsadida 24 ta 1100 kvartirali ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, o‘zi egalariga topshirildi.

 

Aholining salomatligini tiklash va muhofaza qilish ishlarida 14 241 nafar fuqaro to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 607 nafarini nogironlar, 1112 nafarini pensionerlar, 2289 nafarini kam ta’minlangan ehtiyojmand fuqarolar tashkil qiladi. Kasallik aniqlangan 3 346 nafar fuqaro ambulator, 122 nafari shifoxonaga davolanishga yotqizildi, 23 nafari viloyat va 3 nafari respublikaning ixtisoslashtirilgan shifoxonalariga jo‘natildi. Shu bilan birga 59 nafar fuqaroga nafaqa tayinlandi.

 

O‘zA

29.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar