2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul sharofati bilan yosh tadbirkor Shofirkonda yirik loyihani amalga oshirdi

Buxoro viloyati hokimining 2018-yilda oʻtkazgan sayyor qabullaridan biriga shofirkonlik yosh tadbirkor Kamoliddin Qayumov katta umid bilan borgan, pirovardida ishonch bilan ortga qaytgandi.

- Oʻsha qabuldan soʻng chindan ham oʻzimga boʻlgan ishonchim ortdi, - deydi K. Qayumov. - Gap shundaki, tumanimizda yoshlar uchun madaniy hordiq chiqaradigan, ularga zamon talablari darajasida xizmat koʻrsatadigan maskan barpo etish niyatida edim. Maqsadimni viloyat hokimiga bildirganimdan keyin biznes loyiham qoʻllab – quvvatlanadigan boʻldi. Uzoq yillardan buyon qarovsiz yotgan binoni rekonstruksiya qilishga kirishdik. Yana bir muhim jihati, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida 1,5 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilib, loyiham qoʻllab – quvvatlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 3 milliard soʻmni tashkil etadi. Shu mablagʻ evaziga 400 oʻrinli kinoteatr mukammal taʼmirdan chiqarildi.U zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. Kitob doʻkoni, kompyuter savodxonligi, internet – kafe, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, turli oʻquv kurslari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bir soʻz bilan aytganda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus talablariga javob beradigan maskan barpo etildi. Yaxshi niyat bilan “Ziyo” deb nomlangan majmuada 20 nafar yigit – qiz ish bilan taʼminlandi.

Darvoqe, kuni kecha Shofirkon tumanida viloyat hokimi Oʻ. Barnoyevning navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi. Unda Kamoliddin Qayumovga oʻxshab tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagidagi yoshlarni ham koʻrish mumkin edi. Tabiiyki, ularning ham fikr – mulohazalari tinglandi, takliflari oʻrganildi.Binobarin, oradan hayal vaqt oʻtmay bu yoshlar tashabbusi bilan ham yangidan yangi loyihalar roʻyobga chiqsa ajab emas.

Qabul yakunida tashkilotchilar “Ziyo”ning tantanali ochilish marosimida qatnashdilar.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”

08.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar