Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!» degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan anjuman navoiyliklarni ham shukuhli muhitda birlashtirdi.
Prezidentimiz raisligida joriy yil 23-iyul kuni «Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Vazirlik va idoralar o‘z yo‘nalishida eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilib, ularga aniq yechimlar topishi shart» ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
Hududlarning yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini rivojlantirish, shu asosda aholi farovonligi va turmush darajasini yanada yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi arafasida Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 3 ta Beshrabot, Ko‘lxatib, “Mo‘minobod” mahalla markazlari majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Toshkent shahridagi prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida «Obod mahalla» dasturi doirasidagi ishlar jadal boshlab yuborilgan.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov aholi bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Norin tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Oramizda taqdir sinovlariga dosh berib, yolg‘iz o‘zi ro‘zg‘orini but qilishga harakat qilayotgan, farzandlarini kamolga yetkazayotgan ayollar ham bor.
9-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan uchrashuviga tayyorgarlikning borishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov viloyat boshqarma va idoralari, tuman va shaharlar hokimliklari mas’ullari ishtirokida aholi murojaatlarini o‘rganish masalasini muhokama qildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |