Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yaratish va faoliyat yuritish, aholi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mazkur sohada innovatsion yondashuvlar bilan almashish maqsadida mamlakatimizga Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Yoshlar takliflarini oʻrganish, muammolariga yechim topish, bandligini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish... Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisining “sayyor qabul”i ham mana shunday ezgu maqsadlarni koʻzlagani bois jizzaxlik minglab yoshlarni bir joyga toʻplamoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimizning muhtaram faxriylari! Qadrli yurtdoshlar!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Boʻka tumanida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 10-yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurdi. Tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz, deydi davlatimiz rahbari. Shu maqsadda mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jamoat tartibini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi. Keyingi ikki yilda sohaga doir 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan joriy yilning 1-aprelidan boshlab mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, avvalo olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloqda (mahallada) aholining yashash sharoitlarini bosqichma-bosqich tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, mazkur qishloqlarning (mahallalarning) qiyofasini zamonaviylashtirishga va qishloq aholisi uchun ish joylarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilishi belgilangan edi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |