Ayni paytda “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida 126 ta loyihani moliyalashtirish uchun umumiy hajmi 42 mlrd. so‘mga yaqin kredit liniya ochilgan.
Muhtaram ustozlar! Qadrli do‘stlar! Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda o‘z hayotini yosh avlod tarbiyasidek sharafli ishga bag‘ishlagan barcha yurtdoshlarimizni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Qarshi shahrida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 72 oilaga yangi xonadonlar kaliti topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, yangi xonadon sohiblari va ularning yaqinlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Xalq qabulxonasi» rahbari H.Halimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Ibragimovalar tomonidan aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilash va yuz berayotgan muammolarga echim topish maqsadida Qonliko‘l tumanida ommaviy qabul tashkillashtirildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilda yurtimizda boshlangan “Obod qishloq” dasturi asosidagi bunyodkorlik ishlariga Samarqand viloyatining olis Jom qishlogʻida ham fevral oyidayoq kirishilgan edi.
Marg‘ilon shahrida “Do‘stlik” va “Orol bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inlari “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan. Do‘stlik” mahallasida ko‘rinarli va sezilarli ishlar amalga oshirildi. Endi “Orol bo‘yi” hududi ham Marg‘ilon shahrining navbatdagi obod mahallasi bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturi doirasida ayni paytda joylarda katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Komilov 19-sentyabr kuni Qo‘shrabot tumani aholisi bilan muloqot va sayyor qabul o‘tkazdi.
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani Oqtosh shaharchasidagi “Bogʻishamol hayot” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshida tikuv-trikotaj mahsulotlari fabrikasi ish boshladi.
«Xonbandi» mahallasidagi 9 qavatli uy ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Ushbu uy tuman hokimligi balansiga olinib, «Obod qishloq» dasturi doirasida to‘liq ta’mirlandi va uning 4 qavati jismoniy imkoniyati cheklangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj 36 nafar nogironlar uchun ajratilib, to‘liq jihozlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |