Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov Bulung‘ur tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Obod qishloq” dasturining hayotga tatbiq etilishi xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish bilan birga elning orzu-maqsadlari ro‘yobi, ertangi kunga ishonchini ham mustahkamladi.
Mamlakatimizning barcha mahalla va qishloqlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bugun barchamizni hayratga solayotgani rost. Chunki bu dasturlar ijrosi bo‘yicha qilinayotgan ishlardan xalqimiz ko‘ngli to‘q va dillari nurafshon bo‘lmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jaev mamlakatda besh yillik «Obod mahalla» dasturi qabul qilinishi, u shaharlarning qiyofasini o‘zgartirishi kerakligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning qarori bilan tashkil etilgan Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilmoqda.
"Manas"da "Obod qishloq" davlat dasturi doirasida tumandagi nogironligi bo‘lgan oilalardan 20 tasida turar-joylar kaliti topshirildi.
Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Xalq qabulxonalari instituti o‘tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko‘ra hali etilishi lozim bo‘lgan vazifalar yanada ko‘proq ekanligini namoyon etdi.
"Obod mahalla" dasturining hayotga joriy etilishi natijasida yurtimizning ko‘plab mahallalari ko‘rkam maskanga aylanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi «Obod mahalla» jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (25.07.2018 yilda 3043-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) e’lon qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |