O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 avgustdagi “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a’zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2020 yilda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan 3462 ta xonadon ajratish belgilangan.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov taniqli tarixchi olim, Mahdumi Aʼzam Dahbediy ilmiy-tadqiqot fondi rahbari Komilxon Kattayevning xonadoniga borib, olim va uning oila aʼzolarini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.
Yangi yil bayrami arafasida Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzaev davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamrohligida viloyatdagi qator qator muassasalar, xususan “Sirdaryo muruvvat uyi”, “Yangier muruvvat uyi”, “Go‘daklar uyi”, “Bolalar shaharchasi”, “Viloyat bolalar shifoxonasi”, “Yangier ruhiy asab kasalliklar shifoxonasi”, “Viloyat Onkologiya dispanseri”, “Kardiologiya dispanseri” ga tashrif buyurdi.
Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabul va uchrashuvlar aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoevning Jondor tumani “Qaroli” mahalla fuqarolar yig‘ini Yangimozor qishlog‘ida o‘tkazgan sayyor qabulida ham muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish, ularning orzu-niyatlari bilan qiziqish asosida munosib turmush sharoiti yaratishga doir sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qilayotgan 3-sektor shtabida sayyor qabul oʻtkazdi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan Samarqand viloyatida sayyor qabul o‘tkazilib, unda jami 44 nafar jismoniy va yuridik shaxsning vakillari qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
Shu vaqtga qadar fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda ushbu mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga alohida-alohida ariza bilan murojaat qilib, 2 marta to‘lov qilishar edi. Natijasini esa 11 ish kunidan ortiq vaqt mobaynida kutishga majbur edilar.
Toshkent shahar vrachlar malakasini oshirish institutida aholining tibbiyotga oid murojaatlarini o‘rganish, muammolarga joyida yechim topish va ularni ijobiy hal qilishga qaratilgan ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |