Bahodir Tursunovich Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Buxoro viloyati Olot tumani “Oq Oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini Qo‘rchi qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.Po‘latovning ijtimoiy tarmoq orqali qoldirgan murojaati Olot tuman Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 2021 yilning o‘tgan 11 oyi davomida 25 ming 896 ta masala yuzasidan 22 ming 15 nafar fuqaro murojaat qilgan. Ularning 22 ming 400 tasi yoki 96,86 foizi qanoatlantirilgan, 17 ming 65 tasi yoki 73 foizi ijobiy hal qilingan. 5 ming 218 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan va 117 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi, Axborot xizmati rahbari, polkovnik Shoxrux G‘iyosov markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar, korxona, tashkilot, muassasa axborot xizmatlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Bugundan Samarqandda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining sessiyalarida hokimlar joriy yil yakunlari va 2022 yilning ustuvor vazifalari yuzasidan aholiga murojaat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslardan 2 ming 162 ta murojaat kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 1 ming 316 ta masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 217 taga yoki 19,7 foizga ko‘p. Muammolarning 925 tasi yoki 96,6 foizi qanoatlantirilgan bo‘lsa, shundan 745 tasi yoki 77,8 foizi ijobiy hal qilingan.
Zarafshon shahrida Navoiy viloyat sudi hamda Navoiy viloyat ma’muriy sudi raislarining sayyor qabuli o‘tkazildi.
Mamlakatimizda xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali odamlarning dardu-tashvishini tinglab, yechimini topishga ko‘maklashish tizimi yo‘lga qo‘yilgani inson huquq va manfaatlarini ta’minlab, joylarda o‘rtaga tashlanayotgan masalalarni hal etishda o‘z samarasini berayotir. Xalqimizning bugungi kundan rozi bo‘lib, to‘kin va obod turmush kechirishiga xizmat qilmoqda.
Prezidentimizning Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi Xalq qabulxonasiga joriy yilning 11 oyi davomida 1 ming 471 ta murojaat kelib tushgan. 1 ming 87 tasi ya’ni 83 foizi ijobiy hal etilgan. 185 tasiga huquqiy maslahat, 1 tasiga tushuntirish berilgan. 1 ta murojaat tugatilgan. 30 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |