Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari zamirida inson qadrini ulug‘lash, odamlarning og‘irini yengil qilish, turmush sharoitlarini yaxshilashdek ezgu va xayrli ishlar yotadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, muammo va takliflari, ularning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida ijtimoiy holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun barcha chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga joyida yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazmoqda.
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari ayni paytda tumanlardagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud muammolarni aniqlash va mas’ullar ko‘magida bartaraf etish maqsadida olis hududlarga borib, “xonadonbay” tizimida aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishmoqda.
Aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilib, dardu tashvishlarini tinglash, talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish, xalqning roziligiga erishish – bugungi har bir hokimning, rahbarning zimmasidagi eng dolzarb vazifa va mas’uliyat bo‘lishi lozim.
Prezident tashabbusi – amalda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni joyiga borib ko‘rish maqsadida Chimboy tumanidagi “Tag‘jap” hamda “Keңes” ovul fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi bilan yaqindan muloqot qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning yagona manzili sanalmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yurtimizda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar samarasi oshmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |