O‘tgan hafta yakunida Samarqand viloyati hokimi aholi murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda xalqni eshitmaslik, murojaatlarga yuzaki yondashish, qanday qilib bo‘lsa-da shikoyatni yopishga harakat kuzatilayotganini tanqid qildi.
Samarqand viloyati hokimligida viloyat tashkilotlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri tanishtirildi.
Buxoro viloyatining eng olis hududlarida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida jami 12 ta shoxobcha va filiallar tashkil qilindi. Bu aholi fikri, davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda amalga oshirildi. Shu bois joriy yilda filiallar sonini 20 taga yetkazish maqsad qilingan.
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi tomonidan Namangan viloyatining shahar va tumanlarida sud-huquq sohasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan ommaviy qabullarda uzoq yillardan buyon adolat va haqiqat qaror topishini istayotgan, turli nizoli masalalarda muammolarga uchrayotgan odamlar dardiga quloq tutilmoqda.
Prezident Xalq qabulxonalari Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Toshloq, Qo‘shtepa, Rishton, O‘zbekiston tumanlarida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullarda viloyatning barcha hududidagi murojaatchilar qamrab olindi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 27 va 28-aprel kunlari Paxtachi tumanida tadbirkorlar, yoshlar, ayollar bilan uchrashdi, ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Xatirchi tumanida viloyat 3-sektor rahbari – IIB boshlig‘i Azat Tasbayev ishtirokida tashkil etilgan “Sayyor qabul”da yuzga yaqin yigit-qiz o‘z murojaatlarini bildirdi.
Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazidagi “Kelajak” yoshlar markazida Prezidentimizning 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
2021-yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamalash yili
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр энергияси таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |